Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. O`zbekistonliklarning frontdagi jasoratlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

3-§. O`zbekistonliklarning frontdagi jasoratlari 
Dastlabki janglar. Chegaradagi Brest qal’asining 50 dan ortiq millatga 
mansub jangchilari orasida o`zbekistonliklardan D.Abdullaev, B.Kashanov, 
A.Aliev, N.Siddiqov, U.O`taev bor edi. Ular qariyb 1 oy qal’ani himoya qildi. 


409 
Brest qal’asi devoriga qon bilan “O`layotgan bo`lsam ham taslim bo`lmayman, 
alvido Vatanim” - degan so`zlar yozilgan.
G’arbiy chegaralardagi dastlabki janglarda Toshkentlik Z.Karimov jasorat 
ko`rsatdi; u Qrim va Kavkazdagi jasorati uchun 1 va 2 darajali “Shuhrat” ordeni, 
“Jasorati uchun” medali bilan taqdirlandi. O`zbekstonlik jangchilar Smolensk, 
Kiev, Odessa, Sevostopol shaharlari mudofaasida qatnashdi 
Odessa himoyasida O.Umarov dushmanning 40 avtomobildan iborat 
kolonnasiga hujum qilib, 3 avtomashinani safdan chiqardi, 9 nemis askarini er 
tishlatdi. O.Umarovning harbiy bo`limi Odessa yonidagi dushman aerodromiga 
hujum qilib dushmanning 16 samolyoti va 30 avtomashinasini yondirib yubordi. 
O.Umarov 12 fashistni yo`q qildi, biroq u Kerch uchun bo`lgan jangda halok 
bo`ldi. Odessa himoyasida komandir H.Zaripovning sapyorlar rotasi dushmanning 
27 tanki va 13 bronetransportyorini portlatdi.
O`zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smolensk, Kiev, Odessa, 
Sevastopol, Leningradning qahramonona himoyasi Germaniyaning “Yashindek tez 
urush qilish” rejasiga dastlabki zarba bo`ldi.
Moskva uchun janglar. 1941 yil kuz-qish oylarida tarixda misli 
ko`rilmagan katta harbiy qo`shinlar Moskva ostonalarida to`qnashdi. Janubiy 
G’arbiy front tarkibidagi 353-tog’ o`qchi polkining jangchisi Q.Turdiev 1941 yil 
25 oktyabrda Qahramon unvoniga sazovor bo`ldi. U “til” olib kelish uchun 
razvedkaga yuborildi. O`rtoqlari halok bo`lgach bir o`zi dushmanning 1 dzot, 9 
askar va zobitini yo`q qilib, 3 tasini asirga olib front qo`mondoni S.Timoshenkoga 
xabar berdi.
Toshkentda 
xizmat 
qilgan 
gneral 
I. 
Panfilov 
Almati 
shahrida 
Turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent piyoda 
bilim yurti va O`rta Osiyo harbiy okrugi harbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 
180 ta zobit bor edi. General Panfilov diviziyasi Moskava ostonalaridagi 
Volokolamsk yo`nalishidagi jangda ommaviy qahramonlik ko`rsatdi. Panfilov 
halok bo`ldi, ammo diviziya 8-gvardiyachi Panfilovchi diviziya nomi bilan jang 


410 
qildi. Janglarda vzvod komandirlari I.Xalilov, Z.Ibrohimov, M.Madaminov, 
A.To`g’aev, jarroh G’.Abdurahimov jasorat ko`rsatdi.
Moskava ostonalarida 1 va 2-otliq askarlar korpuslari safida O`zbekistonda 
tuzilgan 21 va 44-otliq askarlar diviziyasi qahramonlik ko`rsatdi. O`zbekistonda 
tuzilgan 258-o`qchi diviziya Kalugani ozod etishda gvardiyachi diviziya unvoniga 
sazovor bo`ldi. Bu diviziya Moskva ostonalarida 9000 dan ko`p dushmanni er 
tishlatib, 137 ta aholi manzilgohlarini ozod qildi, 1-bo`lib Upa daryosiga chiqdi. 
O`zSSR Oliy Kengashi Raisi Y.Oxunboboev boshchiligidagi o`zbek delegasiyasi 
1941 yil dekabrda Moskva ostonalarida jang qilayotgan G’arbiy front jangchilari 
bilan 1942 yil 1 yanvar - Yangi yilni birga kutib olishdi. Ularga 29 vagon meva, 9 
ming po`stin, 20 ming juft kigiz etik, 100 ming juft qo`lqop sovg’a qildi.
Moskvadagi Teatr san’ati institutida o`qiyotgan Andijonlik o`zbek qizi, 
mohir mergan va razvedkachi Zebo G’anieva Moskva mudofasida ishtirok etdi. 
Uning harbiy qismi Moskva-Volga kanali bo`ylab joylashgan edi. U 1942 yil 16 
martda razvedkaga borib qimmatli ma’lumot olib keldi. 21 maygacha 23 ta 
fashistni er tishlatdi. Z.G’anieva 1943 yil avgustda Demyansk jangida og’ir 
yarador bo`lib, 33 marta jarrohlik operasiyasiga bardosh berdi. Urushdan keyin u 
Bokuda institutni tamomlab, Moskva jahon adabiyoti institutida nomzodlik 
dissertasiyasini yoqladi.
Moskva ostonalarida jang qilgan o`zbekistonlik merganlar Ishoqov 354, 
Abubekov 229, YUsupov 132, Madaminov 123 fashistni er tishlatdi. “Moskva 
mudofaasi uchun” medali bilan o`zbekistonlik 1753 jangchi mukofotlandi. 
Ikkinchi jahon urushi boshlangandan beri o`tgan 2,5 yil orasidagi fashistlarning 1-
yirik mag’lubiyati Moskva yonida bo`ldi. Fashistlarning “yashindek tez urush” 
rejasi butunlay barbod bo`ldi. 
O`zbekistonlik jangchilar 1942 yil Qrim, Donbass, Don, Kuban, SHimoliy 
Kavkazdagi og’ir janglarda ham qatnashdi. Sevastopolda 8 oylik mudofaa 
janglarining boshliqlaridan biri general I.Petrov Toshkentda xizmat qilgan edi
uning adyutanti Toshkentlik Z.Qahharov edi. I.Petrov Shimoliy Kavkaz, 4-Ukraina 


411 
frontlarida qo`mondonlik qildi, Berlin operasiyasida qatnashdi, urushdan keyin 
Toshkentga kelib Turkiston harbiy okrugiga qo`mondonlik qildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling