Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Stalingard jangida O`zbekistonliklar 62 va 64- armiyalar safida xizmat 
qildi. Shuningdek Farg’ona va Samarqandda o`zbeklardan tuzilgan 90 va 94-o`qchi 
brigadalar ham etib keldi. 21-otliq askarlar diviziyasi baland ruhda jang qilgan, 
uning komissari general-mayor M.Uzoqov edi. Volga bo`ylarida dahshatli janglar 
bo`layotganda 
o`zbekistonlik 
jangchilar 
o`zbek 
xalqidan 
olgan 
xatda: 
“Farzandlarimiz, erlarimiz.. fashistlarni hamma joyda to`xtatib qolingiz” - deb 
yozilgan edi.
128-gvardiyachi Turkiston tog’-o`qchi diviziyasi shiddatli zarbalari bilan 
shuhrat qozondi. M.Kabirov vzvodining 40 jangchisi Perelazovsk xutoridagi 
tepalikni ishg’ol qilishda 11 jangchisi tirik qolib, tepalik yonida 300 ta dushmanni 
12 kun to`xtatib qoldi. Tirik qolgan 11 jangchidan 9 tasi o`zbek, 1 tasi qozoq, 1 tasi 
tatar edi. Jangda faqat A.Erdonov va M.Kabirov tirik qoldi. Bu tepalik hozirgacha 
“Sharqning 11 qahramoni tepaligi” deb ataladi.
Stalingard jangida 1942 yil noyabrda namanganlik zobit M.Jabborov 
o`zining motoo`qchilar rotasi bilan dushmanning 2 ta polkini qirib tashladi. 
Buxoro viloyatidan mergan H.Xo`jamatov, Qorako`l tumanidan Haitov, Toshkent 
Pedagogika instituti talabasi E.Sempkovskaya kabi o`zbekistonliklar jasorati 
Stalingrad jangi solnomasidan munosib o`rin egalladi. Mashhur Pavlov uyini 
mudofaa qilganlar orasida o`zbek K.Turg’unov ham bor edi. O`zbekistonlik 2738 
jangchi “Stalingrad mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlandi.
Urushda tub burulish. O`zbekistonda tuzilgan 62 va 69-o`qchi diviziyalar, 
162-O`rta Osiyo-Novgorod-SHimol diviziyasi 1943 yil yozida Kursk yoyida 
bo`lgan qattiq janglarda alohida jasorat ko`rsatdi. Shuningdek o`zbekistonliklar 5 
va 15-o`qchi diviziyalar hamda 5 va 62-gvardiyachi o`qchi diviziyalar tarkibida 
ham jang qildi.
“Oryol” diviziyasi faxriy nomini olgan 5-o`qchi diviziyaga Zolotaryovka 
qishlog’ini ozod qilish topshirildi, unda Farg’onalik A.Shukurov bor edi. Unga 
jasorati uchun Qahramon unvoni berildi va bu qishloq Shukurovka deb ataldi. 


412 
Z.Hasanov o`zini ham dushmanni ham portlatib yubordi. Shifokor-jarroh 
M.Ashrapova namunali xizmati uchun 1-gvardiyachi armiya jangchilari hurmatiga 
sazovor bo`ldi. U Pragagacha jangovar yo`lni bosib o`tdi. Urushdan keyin 
Toshkent Tibbiyot institutida ishlab, professor bo`ldi.
Kurskdagi g’alabadan so`ng qizil armiyaning 2000 km. uzunlikdagi qudratli 
strategik frontlarda hujumi boshlandi. Shimoliy Don, Desna, Soj daryolari ham, 
dushmanning mudofaa pozisiyalari ham qizil armiyani to`xtatib qololmadi.
Dneprni kechib o`tishda Toshkent viloyatida tuzilgan 441-o`qchi diviziya 
jasorat ko`rsatdi. Ozerov otryadi Dneprni kechib o`tib Dnepr va Soj daryolari 
burilish joyidagi kichik istehkomni egalladi. Ular rota komandiri J.Usmonov 
kelguncha 2 kun marrani egallab turdi. J.Usmonovga Qahramon unvoni berildi. 
Dneprni birinchi bo`lib kechib o`tganlar orasida G’ijduvonlik V.Nabiev, 
SHofirkonlik X.Aminov, Romitanlik Sh.Ergashev, Buxorolik T.Tixonov, 
Andijonlik Q.Do`smatov, Qoraqalpoq X.Shoniyozov bor edi. Dneprni kechib 
o`tishda jasorati uchun 26 nafar o`zbek yigitiga, jami 2348 jangchiga Qaxramon 
unvoni berildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling