Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. O`zbekiston sanoatining bir tomonlama
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energetika va yoqilg’i
- Qo`ng’ir ko`mir
2-§. O`zbekiston sanoatining bir tomonlama
rivojlanishi. O`zbekiston qishloq xo`jaligi. Paxta yakkahokimligi fojiasi (1950-1990) XX asrning 50-80 - yillari O`zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan biridir: 1) respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi; 2) totalitar tuzum, ma’muriy buyuruqbozlik tufayli bir qator muammolar inqirozli holatni keltirib chiqardi. 50-80 - yillardr sanoat, qurilish kengaydi. Energetika va yoqilg’i sanoati xalq xo`jaligini rivojlantirishda muhim o`rin tutdi. Shu boisdan birinchi navbatda elektr energiyasi tarmoqlari kengaytirildi. 50- 80 – yillarda 7-Shahrixon GESi, 2 ta Namangan GESlari, 2 ta Bo`zsuv GESlari, Chorvoq GESi, Xo`jakent GESi qurildi. O`zbek va tojik xalqlari birgalikda O`rta Osiyoda eng yirik Qayraqqum GESini qurdi, Xisrav GESini ishga tushirdi. Gaz 423 bilan ishlaydigan Angren, 2-Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo GRESlari ishga tushirildi. O`zbekiston elektrostansiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln kv.dan 1985 yil 47,9 mlrd kv/s. ortdi, ya’ni 1940 yildan 100 baravar, 1950 yildan 18 baravar ko`p elektr energiya ishlab chiqarildi. Respublikaning barcha elektr stansiyalari O`zbekiston yagona energosistemasiga ulandi. O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistonning yirik elektr stansiyalari Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Qo`ng’ir ko`mir 50-yillarda Surxondaryodagi Sharg’un toshko`mir koni o`zlashtirilib qazib chiqarildi. Yangi neft konlari 60-yillarda Buxoro va Xorazmagi Gazli, Jarqoq, Sho`rtepa, Sho`rchi, Qarantay; 70-yillarda Farg’ona vodiysida o`zlashtirildi. 1959 yil qurilgan Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi kengaytirildi. Zavodda 35 xil mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi Gaz sanoati Buzoro va Qashqadaryoda yirik gaz konlari o`zlashtirilishi bilan yuksaldi. 50-yillar ikkinchi yarmida “O`zbekneftegazrazvedka” tresti qidiruv ishlari natijasida 1956 yil gaz zahiralari 500 mlrd m 3 bo`lgan Gazli koni ochildi. SHuningdek Muborak, O`rtabuloq, Qultak, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Taxiatosh, Qorovulbozor neft va gaz konlari topildi. O`zbekistonda jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topildi. Ularda 2 trln m 3 gaz, 250 mln t. neft zahiralari borligi aniqlandi. 1959 yil “Buxoroneftgaz” boshqarmasi tuzildi. 1958-1960 yy. “Jarqoq- Buxoro-Samarqan-Toshkent” gaz quvurini qurish ishlari olib borildi. 1960 yil 2- dekabrda 767 km gaz quvuri qurildi, uning yillik quvvati 4,5 mlrd m 3 gazga teng edi. 1960 yil Shimoliy So`x-Farg’ona, Shimoliy So`x-Qo`qon gaz quvurlari ishga tushirildi. 1959-1965 yy. O`zbekistondagi 37 shahar, 71 tuman markazi, 20 ta posyolka gazlashtirildi. 320 ta sanoat korxonasi, 3500 dan ortik kommunal- maishiy korxonalar, 400 ga yaqin isitish qozonlari gaz bilan ishlashga tushirildi. 1964-1966 yy. uzunligi 1317 km, diametri 720 mm. bo`lgan Muborak- Toshkent-Chimkent-Bishkek-Almati gaz quvuri yo`li qurildi. Qashqadaryo gazi O`zbekiston shaharlari, Qozog’iston va Qirg’izistonga etib bordi. Keyingi yillarda Toshkent-Bishkek-Almati oralig’ida ikkinchi gaz quvuri qurildi. 1958-1980 yy. 424 Buxoro, Gazli va Qarshidan Toshkent-Bishkek-Almatigacha yotqizilgan gaz quvuri uzunligi 5686 km.ni tashkil etdi (uning 3618 kilometri O`zbekistonda yotqizilgan). Uning yillik quvvati 23 mlrd m 3 gaz yoqilg’isini tashkil etadi. Muborakda 70-yillarda qurilgan eng yirik gazni qayta ishlash zavodi yiliga 10 mlrd m 3 gazni tozalab berdi va yiliga 160 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarishni ta’minladi. 1970-1972 yy. 234 km Qo`qon-Namangan-Andijon gaz quvuri qurildi. 1974-1978 yy. Xovos-Farg’ona quvuri yotqizilgach, Qashqadaryo va Buxoro gazidan Tojikiston ham bahramand bo`ldi. Bu gaz yo`li 677,8 km, uning 425,8 km O`zbekistondan, qolgani Tojikistondan o`tdi. 1961-1963 yy. Buxoro-Ural orasida 2000 km, 1020 mm.li gaz quvuri qurildi. Gazlining gazi Uralning Chelyabinsk shahrigacha etib bordi. Buxoro-Ural gaz quvurining 2-3 – navbatlari qurilishi 1965 yil nihoyasiga etdi. 6100 km. Buxoro-Ural gaz transport sistemasining yillik o`tkazuvchanlik quvvati 21 mlrd m 3 gazga teng edi. O`zbekiston va Turkmaniston gazini G’arbiy viloyatlarga uzatish rejasi O`rta Osiyo - Markaz gaz quvuri degan nom oldi. 2750 km. bu gaz yo`li 1965- 1975 yy. qurildi. Ikki yo`llik gaz quvurining uzunligi 5500 km bo`lib, yiliga 80 mlrd m 3 yoqilg’i uzatish quvvatiga ega. O`zbekistonda 1985 yil atigi 2,8 mln xonadon, jumladan qishloqlardagi 1,3 mln xonadon gazlashtirilgan edi xolos. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling