Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Yaponiyaga qarshi urushda ham o`zbekistonliklar qatnashib: 22, 79, 275,
388, 221-diviziyalar tarkibida jang qiladi. Seysin port shahrini egallashda 335- o`qchi diviziyasi bataloni tarkibida leytenant F.Karimov, razvedkachi V.Sulaymonov alohida jasorat ko`rsatdi. Desantchilar orasida pulemyotchi N.Bozorov jangovar medal bilan mukofotlandi. Shuningdek A.Karimov, U.Doniyorov, S.Qo`chqorov ham jasorat ko`rsatdi. Shimoli-sharqiy Xitoy va Koreyani egallab turgan 1 mln.lik Kvantun armiyasi tor-mor qilindi. Janubiy Saxalin, Kuril orollari ozod qilindi, Yaponiya tor-mor etildi. Ikkinchi jahon urushi 6 yil davom etib 50 mln.dan ortiq kishi halok bo`ldi, 90 mln.dan ortiq kishi nogiron bo`lib qoldi. moddiy talofat 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Evropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo`ldi, biroq asosiy og’irlik SSSR zimmasiga tushdi. SSSRdan 27 mln.ga yaqin kishi halok bo`ldi, 18 mln.dan ortiq kishi nogiron bo`lib qoldi. Fashizm ustidan g’alabaning olamshumul tarixiy ahamiyati shundaki: ko`plab xalqlarni zulmdan ozod etdi, demokratik, iqtisodiy-ma’naviy taraqqiyotga yo`l ochib berdi. Ikkinchi jahon urushi butun insoniyatga katta saboq bo`ldi, eng muhim saboq - urushning oldini olishdan iborat bo`ldi. Shu maqsadda ko`pchilik mamlakatlar 1945 yil xalqaro tashkilot - BMTini tuzdilar. BMT urushdan keyingi yarim asrdan ortiqroq davr davomida tinchlikni mustahkamlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bilan shug’ullanib kelmoqda. 416 O`zbekistondan 263.005 kishi urushda halok bo`ldi, 132.670 kishi bedarak yo`qoldi, 60.452 kishi nogiron bo`lib qaytdi, 400.000 oila ayriliq azobiga duchor bo`ldi. O`zbekistonlik 120 ming jangchi orden va medallar bilan mukofotlandi, ulardan 70 mingi o`zbeklar edi. 300 ga yaqini Qahramon unvoniga sazovor bo`ldi, ulardan 75 tasi o`zbeklar edi. O`zbekistonlik 32 nafar jangchi uchala darajadagi “SHuhrat” ordeni bilan mukofotlandi. O`zbekiston faxriylar uyushmasi tashabbusi bilan fashizm ustidan g’alabaning 50 yilligi munosabati bilan halok bo`lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida arxiv ma’lumotlari asosida “Xotira” turkumida 30 dan ziyod kitob nashr etildi. Fashizm ustidan g’alaba qozonilgan 9 may O`zbekistonda “Xotira va Qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. I.Karimov: “Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin.. jangda halok bo`lganlarni doimo yodda saqlaymiz” - deb yozgan edi. (1996 y. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” asarida, 3-t.) Tayanch so`zlar: Brest, Smolensk, Kiev, Odessa, Sevostopol, Kursk, Kerch, Leningrad, Kvantun armiyasi, razvedka, partizan, S.Raximov, Z.G’anieva, “Turkiston legioni”, Qarshilik harakati, Kvantun armiyasi, “Xotira va Qadrlash kuni”. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling