Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ma’muriyatchilikning kuchayishi 
Ma’muriyatchilik urushdan keyin iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy va 
ma’naviy hayotda kuchaydi. Mamlakatni boshqarish Stalin e’lon qilgan farmonlar 
orqali amalga oshiriladigan bo`ldi. O`zbekistonning huquqlari cheklanib bordi. 
Stalinning g’alabani ta’minlashda rus xalqi asosiy rol o`ynadi, degan g’oyasi butun 
mamlakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ruslar “katta”, “ulug’ og’amiz” deb 
targ’ib qilindi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida boshlangan qishloq 
aholisini erdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi.
VKP(b) MQ va SSSR hukumati 1946 yil senyabrda “Kolxozlarda qishloq 
xo`jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to`g’risida”gi qarorni e’lon qildi. 
Kolxozlar manfaatini himoya qilish bahonasida qishloqdagi 50 ming kolxozchi 
tomorqa erlaridan 25 ming gektari belgilanganidan “ortiqcha” deb tortib olindi. 
Kolxozda yashagan, ammo unga a’zo bo`lmagan 20 ming xo`jalikning 2,5 ming 
gektar erlari go`yo “qonunga xilof” ravishda egallangan deyilib tortib olindi.
Ijodkor ziyolilarni qatag’on qilishning yangi bosqichini VKP(b) MQ 
1946 yil fevralda qabul qilgan “Zvezda” va “Leningrad” jurnali, “Katta hayot” 
fil’mi, V.Muradelining “Buyuk do`stlik” operasi to`g’risidagi qarorlari boshlab 
berdi. Bu qarorlar olimlar, adabiyot va san’at xodimlarini qatag’on qilish uchun 
mafkuraviy asos bo`ldi va ular “o`tmishni ideallashtirish, feodal madaniyat oldida 


421 
qullarcha tiz cho`kish, sovet turmush tarzini buzib ko`rsatish, millatchilik”da 
ayblandi. 
O`zKP MQning 1949 yil 25 iyundagi “O`zbekiston yozuvchilar soyuzining 
ishi to`g’risida”gi qarorida A.Qahhorning “Qo`shchinor chiroqlari” romani tanqid 
qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, H.G’ulom, M.Shayxzoda, M.Boboev, 
A.Qayumov badnom qilindi. “SHarq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnallariga 
“yaramas” asarlar chop etgan degan ayblar qo`yildi. 1948-1949 yillar 20 dan ortiq 
yirik olimlar, yozuvchi va shoirlar millatchilikda ayblanib 15-20 yilga ozodlikdan 
mahrum etilib, surgun qilindi.
O`zKP MQ 1950 yil 1 sentyabrda qabul qilgan “O`zFAning ishi 
to`g’risida”gi qarorida bir qator iqtisod, til va adabiyot sohasidagi olimlar 
millatchilikda ayblandi. O`zKP MQning 1951 yil 8 aprelda “O`zSSRda musiqa 
san’atini rivojlantirish to`g’risida”gi qarorida Navoiyning “Farhod va Shirin”, 
“Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” xalq dostonlariga asoslangan 
opera, balet va musiqali drama spektakllarini sahnalashtirganlar tanqid qilindi. 
Ko`pgina konsert tashkilotlari va musiqali teatr xodimlari “eski, arxaik musiqani 
va g’amgin maqom namunalarini”ni tarqatganligi uchun qoralandi. Bu qarorda 
“O`zbekistonning musiqali san’ati hayotdan orqada qolmoqda, o`zbek xalqini 
kommunistik ruhda tarbiyalashga to`la xizmat qilmayotir” deyildi.
Respublika matbuotida 1951 yil 10 avgustda “Ba’zi shoirlarning ijodidagi 
mafkuraviy buzg’unliklar to`g’risida” degan maqola e’lon qilindi. Unda T.To`la, 
K.Otaboev, Mirtemir, S.Abdulla, Habibiy millatchilikda ayblandi. 1951 yil 24 
avgustda e’lon qilingan “O`zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda” nomli 
maqolada Oybek, H.Zaripov, H.Yoqubov, I.Sultonov mafkuraviy og’ishlarda 
qoralandi. 1951 yil M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, S.Ahmad, G’.Alimov 
(SHuhrat) “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati”da ayblanib qamoqqa olindi, 
ular 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
O`zKP MQning 1952 yil fevraldagi 10-plenumi Ilmiy va ijodiy ziyolilarni 
quvg’in va ta’qib ostiga olishda yana bir turtki bo`ldi. Unda «Respublikada 
mafkuraviy ishlarning axvoli va uni yaxshilash choralari» muhokama qilindi. Bu 


422 
plenumda faylasuf V.Zohidovning ilmiy ishlariga burjua-millatchilik xatolari 
yuklandi. Tarixchi A.Boboxo`jaev va iqtisodchi O.Aminov panturkizmni targ’ib 
qilishda ayblandi. Ular “siyosiy va ishchanlik jihatidan lavozimlariga to`g’ri 
kelmaydi” deb ishdan bo`shatildi. T.To`la va M.Shayxzodaning sh’er va 
qo`shiqlari “g’oyasiz va axloqsiz asarlar” deb baholandi.
Stalin vafotidan keyin shaxsga sig’inish oqibatlarini tugatish tadbirlari 
ko`rildi. Qatag’on qilinganlar ishini qaytadan ko`rib chiqishga kirishildi. Nohaq 
ayblanib qamalgan adib va olimlardan A.Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Shukrullo, 
Shuhrat, H.Sulaymon, M.Shayxzoda hamda minglab partiya, sovet, komsomol 
xodimlari oqlandi. 50-yillar boshida shubha ostiga olingan 60 dan ortiq olim va 
adiblar zimmasidan “millatchi, sovetlar dushmani” degan yorliqlar olib tashlandi.
Tayanch so`zlar: kompleks mexanizasiyalash,
paxtachilik mashinalari
ma’muriyatchilik kuchayishi, qatog’on,
“Tashsel’mash”, “O`zbeksel’mash”, 
“Krasniy dvigatel’”, “Pod’yomnik”, Farxod GES, Oqqvoq GES, Bo`zsuv GES.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling