Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Paxta monokultura sifatida respublika qishloq xo`jaligida rivojlantirildi. 
1950 yil 1,1 mln gektar, 1985 yil 2 mln. ga. g’o`za ekildi. Paxta xomashyosi 2,3 
mln tonnadan 5,4 mln. t.ga oshdi. Hosildorlik gektariga 20,1 sentnerdan 27 s.ga 
oshdi. O`zbekistonda paxta monokulturaga, ya’ni hukmron tarmoqqa aylandi. 
Chunki Ittifoq (SSSR) mehnat taqsimotida, yagona xalq xo`jaligi kompleksida 
O`zbekistonning o`rni paxtachilik ekanligi belgilab qo`yilgan. SSSRning xalqaro 
maydonda paxta mustaqilligini ta’minlash vazifasi O`zbekistonga yuklatilgan. 
O`zbekiston paxta maydonlari 1985 yil barcha ekin maydonlarining 2/3 qismini 
egallar edi. Andijon, Farg’ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida uning 
salmog’i 70-75 %ga etardi.
Qishloq xo`jaligida makkajo`xori, bug’doy ham etishtirildi. 1970-yillarda 
barcha viloyatlarda 18 ta ixtisoslashgan makkajo`xorichilik sovxozlari tashkil 
etildi. Makkajo`xori ekin maydonlari 80-yillar o`rtalarida keskin kamaytirildi. 
Makkajo`xori etishtirish 1985 yil atigi 443,1 ming tonnaga tushib qoldi. Sersuv va 
issiq joylarda sholi etishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq, Ohangaron, Sirdaryo 
bo`ylarida etishtirilar edi.
O`zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo`mitasi va Ministrlar 
Kengashi 1978 yil noyabrda sholi etishtirishni ko`paytirish to`g’risida qaror qabul 
qildi. Unga ko`ra Amudaryo quyi qismida – Qoraqalpog’iston va Xorazmla 
sholikorlik sovxozlari tashkil etildi. Bug’doy va arpa uchun sug’oriladigan er 
ajratilmadi. Bug’doy va arpa bahorikor (lalmikor) erlarga ekildi. Hosildorlik 
gektariga 5-8 sentnerdan oshmasdi, bug’doy boshqa mintaqalardan keltirildi.
Chorvachilikda 60-yillarda qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz 
tashkil etildi. 70-yillar ikkinchi yarmida 45 ming sigir boqiladigan sutchilik 


433 
komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go`shtchilik komplekslari, ochiq 
maydonda 190 ming qoramol boqiladigan 13 ta komplekslar qurildi. Chorvachilik, 
cho`chqachilik va sutchilik komplekslari soni 1982 yil 82 taga etdi. 1985 yil 
xo`jaliklar 4,1 mln. qoramol, shu jumladan 1,6 mln. sigir boqdi. Buxoro, Jizzax, 
Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog’iston ASSRda 90 ta 
qorako`lchilik sovxozlarida 5 mln.dan ortiq qorako`l qo`ylar boqildi, 3 mln. hisori 
va jaydari qo`ylar boqildi.
O`zbekistonda 60-70 yillarda 20 dan ortiq parrandachilik komplekslari 
qurildi. 1985 yil 33,5 mln. tovuqdan 2 mlrd. dona tuxum olindi, bu 1960 yilga 
nisbatan 4 marta ortiq edi. Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi qirg’oqlarida 
andatra, nutriya, norka urchitilib, mo`ynalar tayyorlandi. 1985 yil 26 ming tonna 
baliq etishtirildi. Ittifoq (SSSR) bo`yicha etishtirilgan pillaning 2/3 qismi 
O`zbekistonda etishtirildi. 1985 yil 32,2 ming tonna pilla tayyorlandi, 4 ming tonna 
asal tayyorlandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling