Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
partiya tashkilotlarining ijrochilariga aylanib qolgan edi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy va ma’naviy sohadagi mafkuraviy tazyiqlar Xalq ta’limi.
partiya tashkilotlarining ijrochilariga aylanib qolgan edi. Sovetlar obro`sining pasayishi qonunlarning bajarilishiga o`zining salbiy ta’sirini o`tkazdi. Qonunlar turli hujjatlar bilan almashtirildi. 70-yillar oxiri – 80- yillar boshida xalq xo`jaligini boshqarishda 200 mingga yaqin buyruq va ko`rsatmalar to`planib qolishi, xo`jaliklar faoliyatini chalkashtirib tashlagan edi. O`zbekiston partiya va hukumat rahbariyatida Markaz va KPSS rahbariyati, xususan L.Brejnev oldida “yuzni yorug’ qilish”ga intilish kuchaydi. Partiya, sovet va davlat xo`jalik organlaridagi xatolik va qonunbuzarlik haqida O`zKP MQning 1984 yil iyunda bo`lgan 16-plenumida ochiq gapirildi. Madaniy va ma’naviy sohadagi mafkuraviy tazyiqlar Xalq ta’limi. Maktab qurilishida 50-yillarda 7 yillik umumiy majburiy ta’lim amalga oshirildi, biroq xalq ta’limida jiddiy nuqsonlar mavjud edi. Maktab ta’limning mazmuni hayotdan orqada qolayotgan edi: 1) o`quvchilarning bilim saviyasi past edi; 2) o`n yil o`qib maktabni bitiruvchilarning kasbi, mehnat malakasi yo`q edi. SSSR Oliy Soveti 1958 yil dekabrda “SSSRdagi maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to`g’risida” qonun qabul qildi. Bu qonunda o`qitishni turmush bilan bog’lab olib borish, yoshlarni aqliy, ma’naviy, jismoniy jihatdan etuk qilib shakllantirish, ularga umumiy politexnik bilim berish vazifalari qo`yildi. O`zbekiston SSR Oliy Kengashi ham 1959 yil shunday qonun qabul qildi. 10 yillik o`rta maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi. Maktablarda o`quv rejalari va darsliklar, tajriba uchastkalari vujudga keldi, fizika va matematika fanlari soati ko`paytirildi. O`quvchilarga mashinasozlik, sanoat, qurilish va qishloq xo`jaligi bo`yicha amaliy mashg’ulotlar o`tish yo`lga qo`yildi. 437 1962 yil umumiy majburiy 8 yillik ta’limga o`tildi, barcha 7 yillik maktablar 8 yillik maktablarga aylantirildi. Sanoat, qurilish va qishloq xo`jaligida band bo`lgan yoshlarga ta’lim berish maqsadida kechki va sirtqi maktablar tashkil etildi. 1958-1965 yy. 1000 ga yaqin shunday maktablar ochildi, ularda 1965 yil 134,5 ming yoshlar o`qidi. O`zbekiston Kommunistik Partiyasi (O`zKP) va hukumati 1966 yil “Respublika umumta’lim maktablari ishini yanada yaxshilash” va 1969 yil “Respublika umumiy o`rta ta’limga o`tish munosabati bilan xalq maorifini yaxshilash” to`g’risida qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarga asosan respublikada Umumiy o`rta ta’limga o`tish, yangi maktab binolari, laboratoriya va ustaxonalar barpo etish ishlari bajarildi. 70-yillar o`rtalarida Umumiy o`rta ta’limga o`tish yakunlandi. Maktab-internatlar, badiiy iste’dodni rivojlantiruvchi maktablar ko`paydi. Glier nomidagi o`rta maktab-internat, milliy musiqa va amaliy san’at, sport maktab-internatlari, musiqa maktablari ochildi. O`rta umumta’lim maktablari 1970 yildagi nizomga muvofiq alohida boshlang’ich (1-3 sinlar), 8 yillik (1-8 sinflar) va o`rta (1-10 sinflar) maktablariga aylantirildi. Ishlab chiqarish ta’limi berish maqsadida maktablararo o`quv-ishlab chiqarish kombinatlari, kasb-hunar bilim yurtlari tuzildi. Shuningdek, kuni uzaytirilgan, alohida fanlarni chuqur o`rgatuvchi, aqliy va jismoniy zaif bolalar maktablari tashkil etildi. Barcha turdagi umumta’lim maktablari 20 yil (1965- 1985)da 8716 tadan 9188 taga; o`quvchilar 3055,8 mingdan 6519,6 mingga ko`paydi. O`rta ma’lumot olganlar 5,7 mln dan oshdi. Sovet hokimiyati ta’lim va tarbiya berish mazmunini yaxshilash maqsadida 1984 yil maktab va hunar-texnika bilim yurtlarini isloh qilishga qaror qildi. Maktablarda “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” kursini o`qitish, mikro- kalkulator, EHM, kompyuterlar bilan ta’minlash vazifasi qo`yildi. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bu vazifani bajarishni ta’minlay olmadi. Maktab islohati tangliklar orasida qolib ketdi va ta’lim-tarbiyani jahon darajasiga ko`tarish samarasiz tugadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling