Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Fanlar akademiyasi
- Paxtachilik va sug’orishga
Oliy va o`rta maxsus ta’lim urushdan keyin ancha o`sdi va 50-yillarda 3 ta
oliy o`quv yurti: Andijonda medisina, Toshkentda Elektrotexnik aloqa va Fizkultura institutlari ochildi. 60-yillarda 8 ta yangi oliy o`quv yurti: Andijon paxtachilik, Farg’ona politexnika, Samarqand arxitektura-qurilish institutlari; Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari; Andijon tillar, Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika institutlari ochildi. 70-yillarda 5 ta oliy o`quv yurti: Nukus davlat universiteti; Toshkent avtomobil yo`llar va Pediatriya institutlari ochildi. Yangi mutaxassisliklar bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yilib, yangi fakultetlar, viloyatlarda yirik oliy o`quv yurtlarining fililallari ochildi. Oliy o`quv yurtlari soni 1960 yil 30 tani, 1985 yil 42 tani tashkil etdi. Ularda 828 mingga yaqin turli mutaxassislar tayyorlandi. O`rta maxsus o`quv yurtlari soni 1960 yil 75 taga va 1985 yil 249 taga etdi. Ularda 1 mln 135 mingga yaqin o`rta maxsus ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlandi. Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda kamchiliklarga yo`l qo`yildi. Ekstensiv metod, ya’ni son jihatdan ko`p kadrlar tayyorlash 1-o`rinda bordi. O`zbekiston Fanlar akademiyasi (O`zFA) urush yillarida (1943) tashkil etilgan. 1946-1990 yy. yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy stansiyalar tashkil etildi. Akademiya tarkibida 80-yillar boshida Qoraqalpog’iston ASSR fililali va 35 ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko`rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, 1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi tadqiqot ishlari olib bordi. Paxtachilik va sug’orishga doir O`zbekistonda kompleks tadqiqotlar olib borildi. Tuproqlarning klassifikasiyasi tuzildi, u iqlimiy rayonlashtirildi, kartalashtirildi. Akademik S.Rijov sug’oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasi haqidagi tushunchani ishlab chiqdi hamda sug’oriladigan tuproqlar tip sifatida belgilandi. A.Askomchenskiy, V.Pavlovskiy, R.Alimovlar suv to`g’onining yangi konstruksiyasi, gorizontal va vertikal zovurlar sistemasi, g’o`za o`stirishning takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqdilar. Bu tadqiqotlar Mirzacho`l, 439 Dalvarzin, Sherobod, Qarshi cho`llari, Markaziy Farg’onada katta maydonlarni o`zlashtirish va qishloq xo`jaligida foydalanishga ko`maklashdi. Akademik A.Sodiqov g’o`zadan o`stiruvchi moddalar va boshqa preparatlar sintez qildi. N.Rahmatullin, U.Oripov chigitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyoviy usullarini ishlab chiqdi. Seleksioner olim S.Mirahmedov va boshqalar paxtaning “Toshkent – 1,2,3,4” singari hosildor, tezpishar, tolasi sifatli yangi navlarini etishtirdi. YAna sholining 20, sabzavot va poliz ekinlarining 50, meva va uzumning 60 dan ortiq navlari; tut, ipak qurtining mahsuldor zotlari etishtirildi. O`zbekiston geologiyasini o`rganish, foydali qazilmalarni topish borasida 1946-1959 yy. er po`sti yadro taraqqiyoti, rudalarning intruziyalar bilan bog’liqligi haqidagi ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqildi. O`zbekiston olimlarining er po`sti va yuqori mantiyasini o`rganish, zilzilalarning geoximik darakchilarini aniqlash sohasidagi tadqiqotlari xalqaro maydonda e’tirof etildi. H.Abdullaev, I.Hamraboev, I.Isomuhamedov, X.Boymuhamedov, K.Boboev, A.Akramxo`jaev, X.To`laganov, G’.Mavlonovlar dunyo rudali- petrografik provinsiyalari klassifikasiyasi, elementlarning geoximik klassifikasiyasi, O`rta Osiyo litosferasining geologik-geofizik modellarini ishlab chiqdi. M.O`rozboev, H.Rahmatullin, V.Qobulov, H.Usmonxo`jaev, G.Kojevnikov O`zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasi ilmiy maktabiga asos soldi. Paxta terish mashinalari unumdorligini oshirish va stabilligi nazariyasi, richagli mexanizmlarni sintez qilishning ilmiy yo`nalishi ishlab chiqildi. Kibernetika instituti O`zbekistonda 1966 yil tashkil etilgach, akademik V.Qobulov etakchiligida sanoat korxonalarida kibernetika va hisoblash texnikasi asosida boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari yaratildi. Akdemik H.Usmonov rahbarligida kimyogarlar paxta tolasining pishib etilish jarayoni, texnologik xususiyatlar paxta navlariga bog’liqligi, mashina terimining qulay muddatini aniqladi. H.Usmonov jahonda eng yaxshi standartli paxta sellyulozasini 440 olish texnologiyasini ishlab chiqdi. G’ijimlanmaydigan gazlamalar olish usulini, polimer dorilarni yaratdi. Akademik O.Sodiqov va S.Yunusov etakchiligidagi kimyogarlar o`simlik moddalari (alkoloidlar, yurak glikozidlari, yog’lar, oqsillar, uglevodlar), tabiiy birikma va sintetik moddalar ustida kompleks tadqiqotlar olib bordi. Ular 400 ta dorivor o`simliklar turini, 300 dan ortiq alkoloidni, shundan 164 ta yangilarini aniqladilar. G’o`zadan 80 dan ortiq moddalar olindi. O.Sodiqov bioorganik kimyo fanining vujudga kelishiga ma’lum hissa qo`shdi. U ixtiro qilgan limon va olma kislotalari olish texnologiyasi oltin medalga sazovor bo`ldi. Kardiolog olimlar yurak qon-tomir kasalliklari ustida ilmiy tadqiqotlar qilib gipertoniya, ateroskleroz, miokard infarkti, stenokardiya, revmotizm kasalliklarining iqlimga bog’liq xususiyatlarini ochib berdilar. N.Majidov, M.Qoriev, R.Po`latova asab sistemasi, qon tomirlari, insult, o`tkinchi miya qon aylanishining buzilishi kabi kasalliklarni davolash metodlarini ishlab chiqdi. Arxeolog, etnograf, antrapolog olimlar o`zbek xalqining etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixiga oid asarlar yaratdi. O`zbekistonda qadimgi davrdan odamlar yashab kelayotganligi, bundan 3000-2500 yillar ilgari shaharlar bunyod etilgani isbotlandi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling