Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

VI-bo`lim. MILLIY ISTIQLOL DAVRI 
XIX-bob. Mustaqil O`zbekiston davlatining tashkil topishi. 
1-§. O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi. 
Siyosiy islohotlar.
Milliy davlat boshqaruv
hokimiyati tizimining shakllantirilishi 
Mustaqillik - mustamlakachilikning har qanday shaklini, to`siq va 
zo`ravonliklarni inkor etadi. Mustaqillik - tenglik sari qo`yilgan birinchi qadam. 
Mustaqillik o`zaro hurmat, bir-birini tan olish va qadrlash asosida o`zaro hamda 
davlatlar o`rtasidagi aloqalarda umuminsoniy qadriyat va mezonlar asosida 
yashash demakdir.
80-yillar oxirida O`zbekiston ijtimoiy hayotida jonlanish boshlanib, 
mustaqillik uchun yangi to`lqin boshlandi. To`qib chiqarilgan «paxta ishi» 
bahonasi bilan qadriyatlarimizga yana qatag’onlik uyushtirilib, o`n minglab 
kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. I.Karimov 1989 yil iyunda O`zbekistonning 
birinchi rahbari bo`lgach, bu sohadagi adolatsizlikka barham berilib, adolat 
tiklandi.
1989 yil 21 oktyabrda Oliy Kengashning 11-chaqiriq 11-sessiyasida «Davlat 
tili haqida»gi qonun qabul qilindi. I.Karimov markazdan yuborilgan «kadrlar 
to`dasi»ga zarba berib, bu «tajriba»ga chek qo`ygach O`zbekiston rahbar kadrlarni 
tanlash, joy-joyiga qo`yish ishini o`z tasarrufiga oldi.
M.S.Gorbachov boshchiligida 1985 yil apreldan boshlangan qayta qurish 
siyosati sho`ro saltanatini saqlab qolishga qaratilgan so`nggi samarasiz va 
makkorona urinish edi. Qayta qurish Ittifoqdosh respublikalarning milliy 
mustaqillikka erishuvlariga yo`l qo`ymaslikni maqsad qilib qo`ygan edi. 1991 yil 
19-21 avgustda G.Yanaev boshchiligida davlat to`ntarishiga urinish zo`ravonlik 
siyosatini chuqurlashtirib, diktatorlik tuzumini o`rnatishga intildi. XX asrning 90-
yillariga kelib sosialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va 
ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. 


452 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling