Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

1991 yil 19-21 avgustda Moskvada davlat to`ntarishi bo`ldi, «Favqulodda 
Holat Davlat Komiteti» tuzilib, Prezident M.Gorbachev vakolati vise-prezident 
G.Yanaevga o`tganini e’lon qildi. I.Karimov 1991 yil 19 avgust kechqurin 
Hindiston safaridan qaytishi bilan Toshkent shahar faollari bilan uchrashib 
O`zbekistoning nuqtai nazarini qat’iy ma’lum qildi. O`zbekistonning mustaqillikka 
erishish yo`li o`zgarmasligi haqida 1991 yil 20 avgustda Bayonat qabul qilindi, shu 
kuni I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi.
«Favqulodda Holat Davlat Komiteti»ning O`zbekistonga zid qarorlari 1991 
yil 21 avgustda Prezident I.Karimov farmoni bilan noqonuniy deb e’lon qilindi. 
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo`mitasi 1991 yil 25 avgustda 
I.Karimov Farmoniga binoan O`zbekiston tasarrufiga olindi. Ichki ishlar vazirligi, 
Davlat Xavfsizlik qo`mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo`shinlar, 
Turkiston harbiy okrugi partiyadan butunlay xoli qilindi. 
Oliy Kengash Rayosati 1991 yil 26 avgustda Mustaqillik to`g’risida qonun 
loyihasini tayyorlash va 31 avgusta Oliy Kengash sesiyasini chaqirish haqida qaror 
qildi. O`zKP MK va Partiya nazorat komissiyasining 1991 yil 28 avgustdagi 
qo`shma Plenumi O`zKPning KPSS MK bilan aloqasini to`xtatish, KPSSning 
barcha tashkilotlaridan chiqish, uning Markaziy organlaridan o`z vakillarini 
chaqirib olish haqida qaror qildi. O`zbekiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq 
navbatdan tashqari 6-sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o`z ishini boshladi.
O`zbekiston Davlat mustaqilligi. Sessiyada «Davlat mustaqilligi» va 
«Davlat bayrog’i» to`g’risidagi masalalar kun tartibiga qo`yilib, qizg’in muhokama 


456 
qilindi. Oliy Kengash 1991 yil 31 avgustda «Davlat mustaqilligi to`g’risida» 
Qonun va Bayonat qabul qildi. O`zSSR nomi «O`zbekiston Respublikasi» deb 
o`zgartirildi. O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini xalqaro huquqiy 
hujjatlarga asoslangan «Davlat mustaqilligi to`g’risida»gi Oliy Kengash Bayonati 
e’lon qildi. 
Mustaqillik kuni - 1 sentyabr belgilanib, 1991 yildan boshlab bu kun 
bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Mutaqillikka erishish uchun 1991 yil 
o`rtalarida SSSRning emirilishi, Ittifoq hukumati boshqaruvni qo`ldan chiqargani 
tufayli qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo`lgan edi. 
17 moddadan iborat «Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida»gi Qonun 
O`zbekistonning asosiy belgilarini belgilab berdi va vaqtincha Konstitusiya rolini 
bajardi. «Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida»gi Qonunga 1991 yil 30 
sentyabrda Oliy Kengashning 7-sessiyasida Konstitusiyaviy Qonun maqomi 
berildi.
O`zbekiston Respublikasi referendumini 1991 yil 29 dekabrda o`tkazish 
to`g’risida 1991 yil 1 noyabrda Oliy Kengashning 8-sessiyasida qaror qabul 
qilindi. O`zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qilinishini Referendum (1991, 29 
dekabr)da 10 mln. - 94 % kishi qatnashib 9,7 mln. - 98 % kishi yoqlab ovoz berdi. 
Referendumda AQSH, Turkiya, Malayziyadan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. 
O`zbekiston mustaqilligini 4 oy mobaynida 60 dan ortiq davlat tan oldi. Hozir 170 
dan ortiq davlat bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling