Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va davlat
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstitusiyaviy tizimning prinsiplari
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va davlat
ramzlarining qabul qilinishi Yangi Konstitusiyani ishlab chiqarish g’oyasi Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyunda bo`lgan 2-sessiyasida ilgari surilgan. Konstitusiya loyihasining 149 ta moddadan iborat yangi varianti 1992 yil bahorda ishlab chiqildi, 26 sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Loyiha taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib 1992 yil 21 noyabrda ikkinchi marotaba 457 matbuotda e’lon qilindi. 1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning 12-chaqiriq, 11- sessiyasida muqaddima, 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat Konstitusiya qabul qilindi. «Konstitusiyaga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g’risida” Qonun 2003 yil 24-25 aprelda bo`lgan 2-chaqiriq Oliy Majlisning 11-sessiyasida qabul qilindi. Jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan Konstitusiyaga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Konstitusiyaning Oliy Majlis vakolatlariga doir 76-88-moddalarga; Prezident vakolatlari va vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97 - moddalariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritildi. 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonunga binoan Konstitusiyaning ayrim moddalariga, xususan Prezident vakolatlariga doir 89, 93-modda 15-bandi, 102-modda 2-qismi o`zgartildi. Konstitusiyaviy tizimning prinsiplari quyidagilardan iborat: I) Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslarining prinsiplari. II) Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish asoslarining prinsiplari. III) Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish asoslarining prinsiplari. I. Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslarining prinsiplari: 1) Xalq hokimiyatchiligi. 2) Huquqning ustunligi. 3) Hokimiyat vakolatlarining bo`linishi. 4) Davlvt suvereniteti. 5) Jahon hamjamiyatiga uning bir a’zosi sifatida kirish. II. Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish asoslarining prinsiplari: 1) Inson huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olish. 2) Davlatning asosiy vazifasi – inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilish hamda ularga rioya etish. III. Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish asoslarining prinsiplari: 1) Mafkuraviy va siyosiy ko`pfikrlik (plyuralizm). 2) Davlatning dunyoviy xususiyati. 3) Iqtisodiy faoliyat erkinligi. 4) Mulk shakllarining xilma-xilligi va teng huquqliligi. 5) Siyosatning ijtimoiy yo`nalganligi. Konstitusiya normalari: 1) Konstitusiyaviy tuzim asoslarini. 2) Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini. 3) Fuqarolik jamiyati tarkibiy 458 qismlarini. 4) O`zbekistonning davlat tuzilishini. 5) Davlat hokimiyati va mahalliy o`zini o`zi boshqarish tizimini belgilab beradi. Qoraqalpog’iston Respublikasining o`ziga xos belgilari: 1) Konstitusiyasiga ega. 2) Respublika parlamenti mavjud. 3) Respublikaning maqomi O`zbekiston va Qoraqalpog’iston Konstitusiyalari tomonidan belgilanadi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling