Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Islom Karimov – O`zbekistonning Birinchi Prezidenti


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Islom Karimov – O`zbekistonning Birinchi Prezidenti 
Prezident saylovi. O`zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik shakli 
zamonaviy tizim o`zagini tashkil etdi. O`zbekiston hayotida 1991 yil oxirida tom 
ma’noda ulkan tarixiy voqea sodir bo`ldi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash 
VIII-sessiyasida «Prezident saylovlari to`g’risida» Qonun va «Prezident saylovini 
tayinlash to`g’risida» Qaror qabul qilindi.
Bu qonunga ko`ra Prezident lavozimiga 35 yoshga to`lgan, davlat tilini 
biladigan, saylovgacha kamida 10 yil O`zbekistonda muqim yashayotgan 
O`zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Prezident 7 (5) yil muddatga saylanadi
bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident bo`lishi mumkin emas. 
Prezident saylashning asosiy prinsiplari: umumiy, teng, to`g’ridan to`g’ri, yashirin 
ovoz berish bilan, fuqarolarning saylovda ixtiyoriy qatnashishi, saylov kunigacha 
18 yoshga to`lgan fuqarolarning saylovda qatnashishidir.
Prezidentning Konstitusiyaviy maqomi Konstitusiyaning 19-bobida aniq 
belgilab qo`yilgan. Konstitusiyaning 89-moddasida Prezident davlat boshlig’idir va 
davlat organlarining faoliyatini ta’minlaydi. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va 
qonun bilan muhofaza etiladi deb belgilab qo`yilgan. Konstitusiyaning 93-
moddasida Prezidentning vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar doirasi 
belgilab berilgan.
Prezident: Davlat boshlig’i; Konstitusiya, inson va fuqaro huquqlarining 
kafili; Davlat hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlaydi; Qonunlar ishlab 
chiqishda qatnashadi; Qurolli kuchlar Oliy bosh qo`mondoni; Xavfsizlik 
kengashini tuzadi va rahbarlik qiladi; Shaxsning huquqiy masalalarini, mukofot va 


469 
unvonlarni belgilaydi. Vakolati tugagach, iste’foga chiqqan Prezident umrbod 
senat a’zosi lavozimini egallaydi.
Prezident saylovini o`tkazish xalq deputatlari saylovini o`tkazuvchi 
Markaziy saylov komissiyasining zimmasiga yuklandi. 13 ta okrug va 7 mingta 
uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Saylov komissiyalari tarkibiga XDPdan
Kasaba uyushmalari Federasiyasidan, Yozuvchilar uyushmasi va jamoat 
tashkilotlaridan vakillar kiritildi.
Prezident lavozimiga 1991 yil 29 dekabrdagi saylovda XDP va Kasaba 
uyushmalari Federasiyasidan I.Karimov nomzodi; «Erk» DPdan Saloy Madaminov 
(M.Solih) nomzodi qo`yildi. MDH, AQSH, Turkiya, Malayziya va xalqaro 
tashkilotlar vakillari kuzatuvida o`tgan saylovda 8,5 mln (86 %) kishi I.Karimov 
nomzodini qo`llab; 1,2 mln. (12,3 %) saylovchi S.Madaminovga ovoz berdi.
Tarixda birinchi marta O`zbekiston Prezidentiga muqobillik asosida saylov 
bo`ldi. «Prezident saylovlari to`g’risida»gi Qonunning 35-moddasiga asosan 
I.Karimov Prezident lavozimiga 1991 yil 29 dekabrdan saylangan deb hisoblandi. 
I.Karimov 1992 yil 4 yanvarda Oliy Kengashning navbatdan tashqari 9-sessiyasida 
qasamyod qildi. I.Karimov O`zbekistonning umumxalq saylagan Birinchi 
Prezidentidir.
2000 yil 9 yanvarda bo`lgan Prezident saylovi O`zbekiston tarixida asrlar 
tutashgan paytda sodir bo`lib, XXI-asrdagi taraqqiyotiga ta’sir ko`rsatgan siyosiy 
voqea sifatida muhrlanib qoldi. Saylovda 12,7 mln. saylovchidan 12,1 mln. (95,1 
%) kishi ishtirok etib Fidokorlar MDPdan nomzod I.Karimovga 91,9 %; XDPdan 
nomzod Abdulhafiz Jalolovga 4,2 % ovoz berdi. Prezidentning vakolat muddati 
2002 yil 27 yanvardagi referendumda (Oliy Majlisning 2-chaqiriq 8-sessiyasida) 5 
yildan 7 yil qilib o`zgartirildi.
Prezident vakolat muddati 2007 yil dekabrda tugashi munosabati bilan 2007 
yil 23 dekabrda navbatdagi Prezident saylovi bo`ldi. XDPdan A.Rustamov, Adolat 
SDPdan D.Toshmuhammedova, saylovchilar tashabbuskor guruhi (STG)dan 
A.Saidov, LDP dan I.Karimov nomzodi ko`rsatildi. Saylovda ro`yxatga olingan 
16.297.000 saylovchidan 90,6 %i qatnashdi. I.Karimov uchun saylovchilarning 


470 
88,1 %i ovoz berdi. 2007 yil 27 dekabrda bo`lgan Markaziy saylov komissiyasi 
majlisi I.Karimov Prezident lavozimiga saylandi deb qaror qilindi.
2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi bo`lib o`tdi. Uning natijalariga ko`ra Konstitusiyaga kiritilgan 
o`zgarishlarga muvofiq Islom Karimov 5 yillik muddatga mamlakatning oliy 
lavozimiga saylandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling