Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Qoraqalpog’iston muxtor (avtonom) viloyati 1924 yil Qozog’iston ASSR 
tarkibida tashkil qilindi. To`rtko`lda 1925 yil 12-19 fevralda Muxtor viloyat 
Sho`rolarining 1-Ta’sis qurultoyida Qoraqalpog’iston Muxtor viloyatining 
Qozog’iston ASSR tarkibiga «O`z ixtiyori bilan kirganligi» qonuniylashtirildi. 
Muxtor viloyat volostlarga bo`linadigan To`rtko`l, Chimboy, Xo`jayli, Qo`ng’irot 
okruglardan iborat edi. Muxtor viloyat aholisi 38,5 % qoraqalpoq, 28,7 % o`zbek, 
28,6 % qozoq, 1 % ruslardan tashkil topgan edi. 8 yil o`tgach RSFSR tarkibida 
(1932) Qoraqalpog’iston Muxtor Sho`ro Sosialistik Respublikasi (QQASSR)ga 
aylantirish zarurati tug’ildi.
1932 yil 5 martda Qoraqalpog’iston viloyati Ijroya Qo`mitasining navbatdan 
tashqari 4-plenumida «Qoraqalpog’istonning Moskva va sanoat Markazlaridan 
uzoqligini, madaniy-iqtisodiy qoloqligini, rivojlanish istiqbollarini hisobga olib 
Butunittifoq MIQ Prezidiumidan Qoraqalpog’iston Muxtor viloyatini RSFSRga 
kiradigan Muxtor SHo`ro Sosialistik Respublikasiga aylantirish so`ralsin» - deb 
asoslandi. Qoraqalpog’iston Muxtor viloyati Butunittifoq MIQ Prezidiumining 
1932 yil 20 martdagi qarori bilan Qoraqalpog’iston Muxtor Sho`ro Sosialistik 
Respublikasi (QQASSR)ga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi 
QQASSR 4 yil o`tgach (1936) RSFSRdan O`zSSR tarkibiga o`tishiga 
RSFSR bilan QQASSR o`rtasida umumiy chegaraning yo`qligi «asos» bo`ldi. 
1936 yil mayda tayyorlangan SSSRning yangi Konstitusiyasi loyihasida 
QQASSRni RSFSRdan chiqib O`zSSRga kirishi ko`zda tutilgan edi. Butunittifoq 
SHo`rolarining 1936 yil 5 dekabrda bo`lgan favqulodda 8-qurultoyida SSSRning 
yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. SSSR Konstitusiyasi asosida tayyorlanib 1937 


464 
yil 12 fevralda tasdiqlangan O`zSSR Konstitusiyasida QQASSRning O`zSSR 
tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling