Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Oliy Majlisning qonun ijodkorligi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Oliy Majlisning qonun ijodkorligi. Mustaqil taraqqiyot davrida 1-palatali 
parlament 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 1000 dan ortiq 
qarorlar qabul qildi.
Qabul qilingan qonunlar turkumini mazmuniga ko`ra 5 yo`nalishga bo`lish 
mumkin. 1-yo`nalishga: davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik-huquqiy 
davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar 


478 
kiradi. 2-yo`nalishga: fuqarolar huquqlari va erkinliklari, siyosiy partiyalar, jamoat 
birlashmalari va ommaviy axborot vositalariga doir qonunlar kiradi. 3-yo`nalishga: 
bozor iqtisodiyotiga o`tish va shakllantirish, mulkchilik, xo`jalik yuritishning yangi 
mexanizmini yaratishga doir qonunlar kiradi. 4-yo`nalishga: odamlarning 
ma’naviy, ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga, madaniyat, ta’lim va 
sog’liqni saqlashga, aholini ijtimoiy himoyalashga doir qonunlar kiradi. 5-
yo`nalishga: xalqaro munosabatlarga, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatga, chet 
ellik sarmoyadorlar bilan hamkorlik qilishga doir qonunlar kiradi.
Ikki palatali parlament zarurati. I.Karimov 2000 yil 25 mayda 2-chaqiriq 
2-sessiyada Oliy majlis (parlament) faoliyatini takomillashtirish g’oyasini ilgari 
surdi, ikki palatali qonun chiqaruvchi organ tuzishni taklif etdi. Ikki palatali 
parlament zaruratini hal etish masalasi 2001 yil 6 dekabrda Oliy Majlisning 2-
chaqiriq 7-sessiyasida ko`rib chiqildi va Referendum o`tkazish to`g’risida qaror 
qabul qilindi. 2002 yil 27 yanvarda Parlament ikki palatali qilib saylanishi haqida 
Referendum o`tkazildi, 93,6 % yoqlab ovoz berdi.
2002 yil 12 dekabrda Oliy Majlisning 2-chaqiriq 10-sessiyada «Oliy 
Majlisning Senati» va «Qonunchilik palatasi to`g’risida»gi Konstitusiyaviy 
Qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining takibi, 
vakolatlari Konstitusiyaning 18 bob 77-80 moddalarida berilgan. 2003 yil 24 
aprelda Oliy Majlisning 8-sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat 
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g’risida»gi Konstitusiyaviy 
Qonun qabul qilindi.
8-sessiyada Konstitusiyaning 18 bob - Oliy Majlis, 19 - Prezident, 20 - 
Vazirlar Mahkamasi, 23 - Saylov tizimi boblariga tuzatish va qo`shimchalar 
kiritildi. Tuzatish kiritilgan Konstitusiyaning 18-bob 76-moddasiga ko`ra: Oliy 
Majlis oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi; Oliy Majlis ikki palatadan - Qonunchilik (quyi) palata va Senat (yuqori 
palata)dan iborat bo`ladi; Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senat vakolat 
muddati - 5 yil.


479 
Ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar 2004 yil dekabr – 2005 yil 
yanvarda bo`ldi. Quyi (qonunchilik) palatasiga ko`ppartiyaviylik asosida 120 ta 
deputat saylandi. Senat (yuqori palata)ga Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent 
shahrining har biridan teng miqdorda – 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. 
Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish, jamiyat va davlat 
faoliyatida xizmat ko`rsatganlar orasidan Prezident tomonidan tayinlandi. 
Qonunchilik palatasining Spikeri etib Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 
yanvarda bo`lgan 1-majlisida E.H.Xalilov saylandi. Senat raisi etib Senatning 2005 
yil 27 yanvarda bo`lgan 1-majlisida M.Sharifxo`jaev saylandi.
Qonun loyihalari dastlab Qonunchilik palatasida ko`rib chiqiladi va qabul 
qilinadi, so`ng Senatda ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Prezident imzolab, 
matbuotda e’lon qilingan kundan qonun kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining 
bir qismi Senat vakolatiga o`tkazildi, bular: davlat, sud tizimi va maxsus 
xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni 
tayinlash va tasdiqlashdir. 2 palatali Oliy Majlis 2005-2009 yy. 250 dan ziyod 
qonun qabul qildi.
Oliy Majlisga 2009 yil 27 dekabrda saylovda – 2010 yil 10 yanvarda 
takroriy saylovda Qonunchilik palatasida 135 deputat, Ekologik harakat 
konferensiyasida 15 deputat, jami 150 deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog’iston, 
viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda 6 nafardan, jami 84 
senator saylandi. Senatning 16 a’zosi Prezident tomonidan tayinlandi.
D.Toshmuhammedova 2010 yil 22 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasining 1-majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi. I.M.Sobirov 
2010 yil 26 yanvarda Oliy Majlis Senatining 1-majlisida Senat Raisi etib saylandi. 
Oliy Majlis Prezident taqdimiga Sh.M.Mirziyoevni Bosh vazir etib tasdiqladi. Oliy 
Majlisning vakolatlari: Parlamentlararo aloqalar, Qonun chiqarish vakolatlari, 
Nazorat vazifalari, Davlat organlarini tashkil qilish, Mansabdor shaxslarni 
tayinlashdir.


480 
Tayanch so`zlar:
Oliy Kengash, Oliy Majlis, Ikki palatali parlament, 
Senator, Spiker,
Senat raisi,
demokratik, huquqiy davlat,
yangi jamiyat, bozor 
munosabatlari, 5 tamoil: iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohatchi, 
qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, bozor iqtisdiyotiga bosqima-bosqich 
o`tish. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling