Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Boshqaruv tizimidagi islohatlar. Davlat reja qo`mitasi o`rniga Iqtisodiyot 
vazirligi tuzildi, Davlat ta’minot qo`mitasi tugatilib Respublika ulgurji va birja 
savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi, Davlat narx qo`mitasi tugatilib Moliya 
vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qiluvchi maxsus boshqarma tuzildi. 
Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o`zgardi, Moliya vazirligi respublika 
byudjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq va moliya siyosatini 
belgilamoqda, valyuta ishlarini boshqarmoqda.


482 
Bank tizimi isloh etildi, Davlat banki va uning bo`limlari tugatilib Markaziy 
bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki; Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat 
banklari 
– 
“O`zsanoatqurilishbank”, 
“Paxtabank” 
(Agrobank), 
“O`zjamg’armabank”, “G’allabank”, “Tadbirkorbank”, “Savdogarbank”, xususiy 
banklar tuzildi.
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi: Davlat nazorati qo`mitasi, uning 
joylardagi organlari tugatilib, Davlat Soliq va Bojxona qo`mitalari; Prezident 
devonida nazorat inspeksiyasi, Hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari 
tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar: Tashqi ishlar vazirligi, 
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestasiya 
komissiyasi 
va 
boshqa 
hukumat 
organlari 
tashkil 
etildi. 
Islohatlarni 
chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy 
islohat, tadbirkorlik va chet el investisiyalari bo`yicha idoralararo Kengash tuzildi. 
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat Qo`mitasi 
tashkil etilib, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va ko`p 
ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo`lga qo`yish 
maqsadida tarixda 1-marta Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi. Ishlab 
chiqarish va tansport bo`yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o`z-o`zini mablag’ 
bilan ta’minlaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporasiyalarga va boshqa 
xo`jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transporti va Qurilishda boshqaruv 
tizimi qayta tuzildi. Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, 
Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va 
ish yuritish usullari tubdan o`zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo`lgan 
tarmoqlar: sayyohlik, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimida 
iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Hozir 14 ta 
vazirlik, 8 ta davlat qo`mitasi, 8 ta agentlik faoliyat ko`rsatmoqda. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling