Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mahalliy hokimiyat organlari tarkibiga: viloyat, shahar, tuman, shaharlar 
tarkibidagi tuman, qishoq, ovul, posyolka doirasidagi hokimiyat muassasalari 
kiradi. 
Konstitusiya 
(1992), 
«Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
to`g’risida», 


483 
«Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish idoralari to`g’risida» (1993,sentyabr), «Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to`g’risida» 
(1994,may)gi Qonunlarda mahalliy hokimiyat organlarining jamiyatdagi o`rni 
belgilab berildi. Konstitusiyaning 99-moddasiga ko`ra viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda (tumanga bo`ysunadigan shaharlardan va shahar tarkibidagi 
tumanlardan tashqari) hokimiyatning vakillik organlari hokimlar boshchilik 
qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashlari va 
hokimlarning vakolatlari muddati 5 yil.
Konstitusiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga 
berilgan vakolatli huquqlar: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning 
xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish; mahalliy kommunal xo`jalikka rahbarlik qilish; 
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish 
va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; mahalliy 
byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, 
byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilishdir.
Prezident 1994 yil 24 noyabrda «Erdan foydalanish samaradorligini oshirish 
to`g’risida»gi Farmoni bilan tuman va shahar hokimiyatlariga uy-joy qurish va 
shaxsiy xo`jalik yuritish uchun sotish vakolatini berdi. Viloyat, tuman va shahar 
hokimlari o`z vakolatlarini yakkaboshchilik tamoyili asosida amalga oshiradilar.
Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Tuman va shaharlarning hokimlari 
tegishli viloyat hokimlari tomonidan tayinlanadi va ishdan olinadi. SHaharlardagi 
tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimlari tomonidan tayinlanadi va ishdan 
ozod qilinadi. Viloyat, tuman va shahar hokimlarining qarorlari Xalq deputatlari 
kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik idorasi 
bo`lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga rahbarlik qiladi. Xalq deputatlari 
mahalliy Kengashlari deputatlari saylovini o`tkazish tartibi «Xalq deputatlari 
viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to`g’risida»gi Qonun bilan 


484 
belgilanadi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga: shaharlardagi tuman, shahar 
va viloyat Kengashlari kiradi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda vakillik 
organlari-Xalq deputatlari Kengashlariga 1994 yil 25 dekabrda va 1999 yil 5 
dekabrda saylovlar bo`ldi.
O`zbekistonning mustaqillik yillarida qo`lga kiritgan muvaffaqiyatlaridan 
bittasi hokimlik institutining tashkil qilinishi bo`ldi. 1993 yil 2 sentyabrdagi 
«O`zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish 
to`g’risida»gi Qonunga ko`ra viloyat, tuman, shahar hokimi mahalliy hududning 
oliy mansabdor shaxsi sifatida tegishli hudud ijroya hokimiyatini boshqaradigan 
bo`ldi. Toshkent shahri va 12 ta viloyatda Prezident tayinlaydigan va tegishli Xalq 
deputatlari Kengashlari sessiyasida tasdiqlanadigan hokimlar boshchiligidagi 
hokimliklar tashkil qilindi. Qoraqalpog’iston Respublikasida xalq deputatlari 
tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati O`zbekiston 
Konstitusiyasi, 
«Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
to`g’risida»gi Qonun va 
Qoraqalpog’iston Qonunlari bilan tartibga solinadigan bo`ldi.
Ayrim hokimliklar eskicha usul bilan ishlaganini I.Karimov Samarqand, 
Jizzax, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlar kengashlari sessiyalarida, Vazirlar 
Mahkamasi yig’inida ochiq tanqid qildi. Prezident siyosatining bosh yo`li huquqiy, 
demokratik davlatni vujudga keltirish, qonunni ustun qo`yish, «fuqaro-jamiyat-
davlat» tamoyilini joriy etish yo`li bilan fuqarolar jamiyatini vujudga keltirishdan 
iborat.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling