Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining
shakllantirilishi 
Vazirlar Mahkamasi. Sobiq Ittifoq (SSSR) davridagi ijro qiluvchi va 
boshqaruvchi oliy organ – Ministirlar Sovetining maqomi tubdan o`zgartirildi. 
Prezidenti lavozimini ta’sis etish va O`zSSR Konstitusiyasiga o`zgartish kiritish 
to`g’risida 1990 yil 24 martda O`zSSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 1-
sessiyasida Qonun qabul qilindi. Konstitusiya Prezident haqidagi yangi - 12 bob 
bilan to`ldirildi. 
I.Karimov 1990 yil 15 noyabrda «O`zSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to`g’risida» Farmon chiqardi. Bu Farmon 
asosida xalq xo`jaligi: 1) dehqonchilik sanoati; 2) xalq iste’mol mollari; 3) 
qurilish-naqliyot; 4) mashinasozlik; 5) yoqilg’i-energetika; 6) umumiqtisodiyot; 7) 
moddiy-texnika; 8) madaniyat ishlari komplekslariga ajratilib Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga kiritildi.
Prezident va hukumat apparati birlashib Prezident endi ayni paytda Vazirlar 
Mahkamasi Raisi ham bo`ldi. Prezident ikkinchi bosqichda respublikada oliy 
ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxs, ayni 
paytda davlat boshlig’i ham hisoblanib, endilikda faqat farmonlar emas, balki qaror 
va farmoyishlar ham qabul qiladigan bo`ldi. Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik 
qiluvchi Vise-Prezident (1990, 15 noyabr) lavozimi 1992 yil 4 yanvarda tugatildi, 
o`rniga Bosh Vazir lavozimi ta’sis etildi.
Konstitusiyaning 120-moddasi birinchi qismiga kiritilgan qoidada 
O`zbekiston Hukumati: Bosh Vazirdan, uning birinchi o`rinbosari va 


481 
o`rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo`mitalarining raislaridan, yirik konsern va 
birlashmalarning rahbarlaridan iborat deyiladi. 1991 yil 18 noyabrdagi «Prezident 
saylovi to`g’risida»gi Qonun Prezidentlik Institutining shakllanishida katta 
ahamiyatga ega bo`ldi.
Oliy Kengash 1992 yil 8 dekabrda qabul qilgan Konstitusiyaning 89-
moddasida «Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir, ayni vaqtda 
Vazirlar Mahkamasi Raisi hisoblanadi» deyiladi. Referendum asosida 2003 yil 24 
aprelda Oliy Majlis Konstitusiyaning boblariga tuzatish kiritilib: 19-bobda 
Prezident vakolatlari takomillashtirildi, 20-bobida Vazirlar Mahkamasi tarkibi va 
vakolatlari bayon etilgan.
I.Karimov taraqqiyotning hozirgi o`tish bosqichida kuchli markazlashgan 
davlat hokimiyatini zarur va hayot taqozasi deb hisoblaydi. Boshqaruvning 
Prezidentlik-respublika shaklida hokimiyat bo`linishini adolatli amalga oshirish 
imkoniyati bor (qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati bir-biriga daxlsiz 
bo`ladi). Prezidentlik-respublika boshqaruvida ijro hokimiyati Prezident qo`lida 
bo`ladi.
Boshqaruvning Parlamentar-respublika usulida Prezident Parlament a’zolari 
tomonidan saylanadi. Parlamentar-respublika yoki Monarxiya o`rnatilgan 
Germaniya, Italiya, Yaponiyada ham hukumat - oliy ijro idorasi asosiy o`rinni 
egallamoqda. Davlatchilikdagi qat’iy intizomni Konstitusiyaviy sud nazorat qilib 
boradi. Dastlab Konstitusiyaviy nazorat qo`mitasi tashkil etilib, keyin 
Konstitusiyaviy sudga aylantirildi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling