Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Qonun chiqaruvchi hokimiyat shakllanishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qonun chiqaruvchi hokimiyat shakllanishi 
Huquqiy demokratik davlat barpo etish - O`zbekistonning bosh 
maqsadidir. Huquqiy demokratik davlatning asosiy belgilari: qonunlar jahon 
standartlari darajasida bo`lmog’i va demokratik tamoyillarga javob bermog’i 
kerak; Konstitusiya va qonun ustuvorligi ta’minlangan bo`lishi, qonun barchaga 
barobar daxldor bo`lmog’i darkor; Huquqiy demokratik jamiyatda Konstitusiya va 
qonun amaliy kuchga ega bo`ladi.


474 
Huquqiy demokratik davlat yaratishning nazariy-ilmiy asoslari va amaliy 
muammolari: Konstitusiyada va I.Karimovning: «O`zbekistonning o`z istiqlol va 
taraqqiyot yo`li», «O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos 
yo`li», «O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida», «O`zbekiston 
XXI asr bo`sag’asida:» kabi asarlarida hamda nutq va maqolalarida ilgari surilgan.
Oliy Kengash faoliyati. Davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, 
hokimiyatlarning 
bo`linish 
tamoyili 
Konstitusiyada 
keltirilgan. 
Davlat 
hokimiyatining har biri mustaqil faoliyat yurituvchi 3 hokimiyatga: qonun 
chiqaruvchi; ijro etuvchi; sud hokimiyatiga bo`linishi qonunlashtirilgan. 
Konstitusiyaning 76-moddasiga ko`ra Oliy davlat vakillik organi bo`lgan – Oliy 
Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Bu vazifani bajaruvchi 
vakillik organlari parlament deb ham yuritiladi.
BMTga a’zo davlatlarning 185 tasidan 160 tasida Parlament instituti bo`lib, 
AQSHda 535 deputatdan iborat Kongress, Rossiyada - Federal Majlis (626 
deputat), Turkiyada - Buyuk Millat Majlisi (550 deputat), SHvesiyada – RIKS 
(349 deputat), Misrda - Xalq Majlisi (454 deputat), Isroilda – Knesset (120 
deputat), O`zbekistonda 120 deputat va 100 senat a’zosidan iborat Oliy Majlis 
faoliyat ko`rsatadi.
O`zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda qonun chiqaruvchi hokimiyat 
organi - 1990 y. fevralda saylangan Oliy Kengash faoliyat ko`rsatmoqda edi. U 
1990-1994 yy. faoliyat ko`rsatib 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul 
qildi. Oliy Kengash tarixda birinchi bor Prezidentni sayladi, Mustaqillik 
Deklorasiyasini va Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risidagi Konstitusiyaviy 
qonunni qabul qildi.
«Oliy Majlis to`g’risida»gi Konstitusiyaviy Qonun 1994 yil 22 sentyabrda 
qabul qilindi. Konstitusiyaning 76-moddasi mazmuni yanada rivojlantirildi. 
Konstitusiyaning 77-moddasi bo`yicha Oliy Majlisga saylanish tartibi hududiy 
saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadi. 
O`zbekistonning 25 yoshga etgan har bir fuqarosi Oliy Majlisga saylanish 
huquqiga ega.


475 
1994 yil 25 dekabrda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga saylov o`tkazish 
uchun 250 okrug va 7192 uchastka sayloa komissiyasi tuzildi. Oliy Majlisning 1-
chaqirig’i deputatligiga XDPdan 247, Vatan taraqqiyoti partiyasi (VTP)dan 146, 
hokimiyat vakillik organlari (HVO)dan 250 nomzod ko`rsatildi. Saylovlar qonun 
talablari asosida umumiy, teng, to`g’ridan to`g’ri saylov huquqi asosida yashirin 
ovoz berish yo`li bilan o`tkazildi. Oliy Majlis deputatligiga 139 saylov okrugidan 3 
tadan, 106 saylov okrugida 2 tadan nomzod ovozga qo`yildi. Saylovda ro`yxatga 
olingan 11,2 mln. saylovchining 93,6 %, ya’ni 10,5 mln.dan ortiq kishi o`z 
konstitusion huquqidan foydalandi. Qayta saylovlar 1995 yil 8 va 25 yanvarda 
bo`lib o`tdi, Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.
Oliy Majlisning 1995 yil 23 fevralda bo`lgan 1-chaqiriq 1-sessiyasi tarixda 
istiqbolli sahifa ochdi, I.Karimov «O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy 
istiqbolining asosiy tamoyillari» to`g’risida keng qamrovli ma’ruza qildi. 
Sessiyada parlamentchilikning demokratik asoslarini rivojlantirishga e’tibor 
berilib, rahbariyat kengaytirilib Rais va 4 ta rais o`rinbosari saylandi. 
Konstitusiyaning 84-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi vakili-
Qoraqalpog’iston Jo`qarg’i Kengesi Raisi ham Oliy Majlis Raisi o`rinbosari etib 
saylandi.
Qonunlarni ishlab chiqarishning asosiy yo`nalishlarini hisobga olgan holda 
Mandat Komissiyasi va 12 ta qo`mita tashkil etildi. Sessiya Parlamentda faoliyat 
ko`rsatuvchi HVOdan 120 kishilik deputatlar blokini; 69 deputatdan iborat XDP, 
Adolat SDP (47), VTP (14) fraksiyalarini ro`yxatga oldi. 1-chaqiriq 1-sessiya 
qarori bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili instituti (1995 y. 23 
fevral) joriy etildi. 
Sesiyada 
«Oliy 
Majlis 
to`g’risida»gi 
Konstitusiyaviy 
Qonun, 
«Deputatlarning maqomi to`g’risida»gi Qonun, Oliy Majlis qo`mitalari va 
komissiyalari to`g’risidagi Nizom tasdiqlandi. Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy 
Majlis Rayosati tuzilib, uning tarkibiga Rais o`rinbosarlari, qo`mitalar raislari
mandat komissiyasi raisi, blok va fraksiyalar rahbarlari kiritildi.


476 
Oliy Majlis 1995-1999 yy. 1-chaqiriq 15 ta sessiya o`tkazdi, sessiyalarda: 10 
ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi; qonunlarga 216 ta 
qo`shimcha va o`zgarishlar kiritildi; 70 ta xalqaro shartnomani ratifikasiya qildi, 
xalqaro konvensiyalarga qo`shilish to`g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Oliy Majlisning 2-chaqirig’iga deputatlar saylovi 1999 yil 5 dekabrda 
ko`ppartiyaviylik va demokratik tamoyillar asosida o`tdi. 1999 yil dekabr va 2000 
yil yanvarda bo`lgan asosiy va qayta saylovlar natijasida 250 deputatdan iborat 
Parlamentning yangi tarkibi shakllandi.
Oliy Majlisning 2-chaqiriq 1-sessiyasi 2000 yil 11 fevralda o`z ishini 
boshladi. Qonunlarni ishlab chiqish jarayonida Oliy Majlis qo`mitalarining butun 
tarkibi ishtirok etadi. Qonun loyihalarini tayyorlashda maxsus ishchi guruhlari 
tuzilib, unda olimlar va mutaxassislarni kengroq jalb etish kabi xalqaro tajribadan 
foydalanildi. Inson huquqlari bo`yicha Vakil instituti Oliy Majlis Kengashi 
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bormoqda.
1996 yil 29 avgustda Oliy Majlisning 1-chaqiriq 6-sessiyasida I.Karimov 
«Hozirgi bosqichda demokratik islohatlarni chuqurlashtirishning muhim 
vazifalari» mavzusida nutq so`zladi. 1996 yil yil 26 dekabrda parlamentning 7-
sessiyasida birinchi o`qishda kiritilgan va ma’qullangan Oliy Majlisning faoliyat 
dasturiga mo`ljallangan hujjatlardan biri «Inson huquqlari bo`yicha vakil 
(Ombudsman) to`g’risida»gi Qonun loyihasi edi. 1995-2003 yy. Oliy Majlis 200 
dan ortiq qonun va 300 dan ortiq qarorlar qabul qildi.
«O`zbekistonning Konstitusiyaviy sudi to`g’risida»gi Qonunning qabul 
qilinishi Konstitusiyaviy sud, Oliy va Xo`jalik sudlari tarkibini saylab, sud tizimini 
vujudga keltirish jarayonini nihoyasiga etkazdi. Konstitusiyaning 8-bob, 34-
moddasida fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushish huquqi kafolatlangan. 
«Siyosiy partiyalar to`g’risida»gi Qonun 1996 yil 26 dekabrda, 7-sessiyada qabul 
qilindi.
Iqtisodiy islohatlarni huquqiy jihatdan ta’minlashda: «Konsessiyalar 
to`g’risida»(1995, avgust), «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
to`g’risida» (1995, dekabr), «Erkin iqtisodiy zonalar» (1996, aprel), «Aksionerlik 


477 
jamiyatlari hamda aksionerlar huquqlarini himoya qilish to`g’risida» (1986, aprel) 
qonunlar va «Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning ba’zi ma’salalari to`g’risida»gi qarorlar qabul qilindi.
Oliy Majlis «Mulk to`g’risida», «Chet el investisiyalari va chet ellik 
investorlar faoliyatining kafolatlari to`g’risida» (1994, may), «Garov to`g’risida» 
(1998, may) qonunlarga o`zgartishlar kiritdi. Pul-kredit, soliq, milliy valyuta 
tizimini takomillashtirish, pul va narxni barqarorlashtirish uchun «Markaziy bank 
to`g’risida», «Muddatida to`lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni 
undirib olish to`g’risida» (1995, dekabr) qonunlar qabul qilindi. Qishloqdagi 
iqtisodiy islohatlarni hal qilishga bog’liq bo`lgan «Er to`g’risida»gi qonunga 
(1992, yanvar) o`zgartish kiritildi, «O`simliklarning karantini to`g’risida» (1995, 
avgust) va «Naslchilik to`g’risida» (1995, dekabr) yangi qonunlar qabul qilindi.
1995 yil 22 dekabrda Oliy Majlisning 1-chaqiriq 4-sessiyasida «Davlat 
mukofotlari to`g’risida» Qonun qabul qilindi. 1995 yil mayda Oliy darajadagi 
mukofot – «O`zbekiston Qahramoni» unvoni va «Oltin YUlduz» medali ta’sis 
etildi (birinchi bo`lib I.Karimov sazovor bo`ldi). Jasurligi, qahramonligi, fidoiyligi 
va mehnatdagi faolligi uchun «Mustaqillik», «A.Temur», «Buyuk xizmatlari 
uchun», «El-yurt hurmati», 1-2 darajali «Sog’lom avlod uchun», «Mehnat 
shuhrati», 1-2 darajali «Shon-shuhrat», «Do`stlik», «J.Manguberdi» ordenlari; 
«Jasorat», «Shuhrat» medallari beriladi.
Oliy Majlisning 1996 yil 26 apreldagi qarori bilan O`zbekiston 
Respublikasining faxriy unvonlari ta’sis etildi. 25 yoshgacha bo`lgan iqtidorli 
qizlarni taqdirlash uchun Prezidentning 1999 yil 10 iyundagi maxsus farmoni bilan 
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling