Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zbekistonning ma’muriy-hudududiy tuzilishi va
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
O`zbekistonning ma’muriy-hudududiy tuzilishi va
moddiy imkoniyatlari O`zbekistonning ma’muriy-hududiy maqomi Konstitusiyaning 68-69 moddalarida belgilab qo`yilgan. O`zbekiston - viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, ovullar va Qoraqalpog’istondan iborat. Ularning chegaralarini o`zgartirish; viloyat, shahar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish Oliy Majlis roziligi bilan amalga oshiriladi, deyilgan. O`zbekiston poytaxti Toshkent shahri bo`lib, O`zbekiston tarkibiga Qoraqalpog’iston va 12 ta ma’muriy viloyat, 120 ta shahar, 159 ta qishloq tumanlari kiradi. Tumanlar tasarrufida 116 shaharcha, 1470 qishloq va ovullar bor. O`zbekiston hududi shimoli-g’arbda Turon pasttekistligi, janubi-sharqda Tyanshan va Olay tog’lari, janubi-g’arbda Qizilqum cho`llarining bir qismini egallaydi. O`zbekiston hududi 448,9 ming kv.km., sharqdan g’arbgacha 1425 km., janubdan shimolgacha 930 km. cho`zilgan. Qoraqalpog’iston 1990 yil 14 dekabrda suveren respublika deb e’lon qilingan. Bu holat 1991 yil 31 avgustda “O`zbekiston davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida” qonunda o`z aksini topgan. Qoraqalpog’iston poytaxti Nukus shahri bo`lib, maydoni 166,6 ming kv.km., aholisi 1569,9 ming kishi. Tarkibida 14 ta qishloq tumani, 12 ta shahar, 17 ta shaharcha kiradi, Nukus shahrida 236700 kishi yashaydi. 460 Andijon viloyati markazi Andijon shahri bo`lib, viloyat 1941 yil 6 martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming kv.km., aholisi 2342,7 ming kishi (2005). Tarkibida 14 ta qishloq tumani, 11 ta shahar, 5 ta shaharcha mavjud. Buxoro viloyati markazi Buxoro shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 aprelda tashkil etilgan. Maydoni 40,3 ming kv.km., aholisi 1507,6 ming kishi. Tarkibida 11 ta qishloq tumani, 11 shahar, 3 ta shaharcha bor. Jizzax viloyati markazi Jizzax shahri bo`lib, viloyat 1973 yil 28 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 21,2 ming kv.km., aholisi 1043,3 ming kishi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumani, 7 ta shahar, 8 ta shaharcha mavjud. Navoiy viloyati markazi Navoiy shahri bo`lib, viloyat 1982 yil 20 aprelda tashkil etilgan, 1988 yil 6 sentyabrda tugatilib, 1992 yil 28 iyunda qayta tiklandi. Maydoni 111,0 ming kv.km., aholisi 810,2 ming kishi, 8 ta qishloq tumani, 7 ta shahar, 8 ta shaharcha bor. Namangan viloyati markazi Namangan shahri bo`lib, viloyat 1941 yil 11 martda tashkil etilgan, 1960 yil 25 yanvarda tugatilib, 1967 yil 18 dekabrda qayta tiklangan. Maydoni 7,4 ming kv.km., aholisi 2073,2 ming kishi, 11 ta qishloq tumani, 8 ta shahar, 12 ta shaharcha bor. Samarqand viloyati markazi Samarqand shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 16,8 ming kv.km., aholisi 2862,1 ming kishi, 14 ta qishloq tumani, 11 ta shahar, 12 ta shaharcha bor. Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahri bo`lib, viloyat 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 4,3 ming kv.km., aholisi 672,2 ming kishi, 8 ta qishloq tumani, 5 ta shahar, 6 ta shaharcha bor. Surxandaryo viloyati markazi Termiz shahri bo`lib, viloyat 1941 yil 6 martda tashkil etilgan. Maydoni 20,1 ming kv.km., aholisi 1894,9 ming kishi, 14 qishloq tumani, 8 ta shahar, 7 ta shaharcha bor. Toshkent viloyati markazi Toshkent shahrida joylashgan, viloyat 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 15,6 ming kv.km., aholisi 4520,4 ming kishi, 15 ta qishloq tumani, 16 ta shahar bor. Toshkent shahri aholisi 2135,7 ming kishi, 11 ta tumani bor. 461 Farg’ona viloyati markazi Farg’ona shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6,7 ming kv.km., aholisi 2840,9 ming kishi, 15 ta qishloq tumani, 9 ta shahar, 10 ta shaharcha bor. Xorazm viloyati markazi Urganch shahri bo`lib, viloyat 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6,1 ming kv.km., aholisi 1432,8 ming kishi, 10 ta qishloq tumani, 3 ta shahar, 7 ta shaharcha bor. Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahri bo`lib, viloyat 1943 yil 20 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 28,6 ming kv.km., aholisi 2378,5 ming kishi, 13 ta qishloq tumani, 12 ta shahar, 4 ta shaharcha bor. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling