Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Yangi Ittifoq Shartnomasi. 80-yillar oxiri – 90 yillar boshida markaz va 
ittifoqdosh respublikalar o`rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markazning 
obro`yi pasaydi. 90-yillarga kelib totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz 
ekanligini hayotning o`zi ko`rsata boshladi. 1990 yil 6 avgustda Prezident 
M.Gorbachevning «YAngi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor 
iqtisodiyotiga o`tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» 
Farmoni e’lon qilindi. SSSR va RSFSR rahbarlaridan tuzilgan komissiyaga 1990 
yil sentyabrdan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi 
1990 yil 4 sentyabrda Minstrlar Soveti raisi N.Rijkov SSSR Oliy Kengash 4-
sessiyasida «Boshqariladigan bozor iqtisodiga tayyorgarlik va xalq xo`jaligida 
barqarorlikni vujudga keltirish» haqida ma’ruza qildi. Ma’ruzada deputatlarning 
fikrlari inobatga olinsada deputatlarda Hukumatga ishonch yo`qola borishi sababli 
sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab 
qolishni va iqtisodiyotni sosialistik yo`ldan rivojlantirishni ko`zda tutar edi.
1990 yil 11 sentyabrda RSFSR Oliy Sovetining 2-sessiyasi S.SHatalinning 
«500 kun» Dasturini qabul qildi. SSSR Oliy Sovetining 4-sessiyasi (1990, 21 
sentyabr) ikkala Dasturni ham qabul qilmay, Hukumat va SHatalin Dasturlaridan 
iborat Yagona Dastur ishlab chiqish (24 sentyabr) vazifasini berdi. Sessiya 1990 
yil 18 oktyabrda «bozor iqtisodiyotiga o`tish zarurat, ammo u sosialistik 
yo`nalishiga ziyon etkazmaydi» degan xulosa berdi.
Hayot xalq xo`jaligini bozor iqtisodiyotiga o`tkazishni 80-yillar oxiriga kelib 
kun tartibiga qo`ya boshladi (uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga 
aylantirdi). Ijtimoiy iqtisodiy tanazzulni SSSR ijtimoiy-siyosiy hayotida vujudga 
kelgan 

ta 
yo`nalishdagi 
kuchlar 
manfaatining 
to`qnashuvi 
yanada 
chuqurlashtirmoqda edi: 
1-kuchlar: N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari bo`lib, ular: SSSRni 
saqlab qolish, markazdan boshqarish, sosialistik yo`ldan voz kechmaslikni talab 
qilar edi. 2-kuchlar: S.SHatalin guruhi tarafdorlari bo`lib, ular: sosializmdan voz 
kechish, SSSRni tarqatib mustaqil davlatlar tuzish, xususiylashtirish, fermerlik 
tuzishni ko`zda tutar edilar. 3-kuchlar: M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar 


453 
bo`lib, ular: murosa, ikki dasturni uyg’unlashtirish, SSSRni saqlab qolish
buyruqbozlik; yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini «Mustaqil Sovet 
Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash g’oyasini ilgari surar 
edilar. SSSRning ijtimoiy taraqqiyotida 3 ta kuch: burjuacha transformasiya; 
totalitarizmga qaytish; sosialistik yo`nalishdagi demokratik kuchlar to`qnashib 
qolgan edi. 
O`zbekiston rahbariyati bu yo`nalishlarning nomaqbul ekanligini bilib, 
«O`zbekistonning 
iqtisodiy 
mustaqilligini 
shakllantirish 
konsepsiyasi»ni 
tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya Reja Davlat qo`mitasi, Moliya va boshqa 
vazirliklar, idoralar, ilmiy institutlar, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya 
qo`mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Konsepsiyaga ko`ra «O`zbekiston xalq 
xo`jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotigaga o`tishning asosiy 
prinsiplari» ishlab chiqilib 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun 
e’lon qilindi. Hukumat Dasturi 1990 yil 29 oktyabrda Oliy Kengashning 3-
sessiyasida ma’qullandi.
O`zbekiston Ministrlar Sovetiga O`zSSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf 
etish yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirish mexanizmini 
yaratish bo`yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. O`zbekiston Oliy Sovetiga 1991 
yil 1 iyungacha iqtisodiy tizim, er osti va boshqa tabiiy boyliklarni, korxonalarni 
O`zSSR mulkiga o`tkazish bo`yicha O`zSSR Konstitusiyasiga o`zgartirishlar 
to`g’risida Qonun loyihasini kiritish vazifasi qo`yildi.
O`zSSR Oliy Kengashi Rayosati 1990 yil 29 avgustda «Ittifoqning yangi 
shartnomasi va bozorga o`tish Dasturiga respublikaning tutgan o`rni» masalasini 
ko`rib chiqib, shoshilmaslikni ta’kidladi. Oliy Kengash Rayosati Ittifoqning yangi 
SHartnomasini tuzish va bozorga o`tish dasturi bo`yicha tayyorlangan takliflarning 
birinchi turkumini o`rganish va muhokama qilish uchun O`zbekiston Oliy 
Kengashi, Kompartiya Markaziy Qo`mitasi, O`zSSR FA va boshqa tashkilotlarga 
yubordi.
O`zbekiston 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida iqtisodiy mustaqillik va 
suverenitet uchun harakat qila boshladi. «O`zSSR Konstitusiyasiga o`zgartish va 


454 
qo`shimchalar kiritish» to`g’risidagi masala 1989 yil 20 oktyabrda 11-chaqiriq 
O`zSSR Oliy Kengashining 11-sessiyasida maxsus muhokama qilindi. O`zSSR 
Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqidagi Qonunda davlat 
mexanizmining hamma bo`g’inlari Oliy Kengashga bo`ysunishini nazarda tutishi 
ta’kidlandi.
Oliy Kengashga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida yuqori 
mansabdorlarni, Oliy Kengash raisini saylash, Ministrlar Sovetining raisini, 
hukumat a’zolari va boshqa rahbarlarni tasdiqlash va tayinlash, yoki muddatidan 
oldin lavozimidan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumat bir yilda kamida bir 
marta Oliy Kengash oldida hisob berishi majburiy qilib qo`yildi. Oliy Kengash 
yana byudjetni nazorat qilish, ministrlik va idoralar ishini tekshirish, deputatlar 
so`rovini muhokama qilishni ham ko`rib chiqadigan bo`ldi.
I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab Siyosiy suverinetet bir 
necha marta ko`ndalang qilib qo`yildi. KPSS MKning 1989 yil 20 sentyabrdagi 
Plenumida I.Karimov: «biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini va o`zaro 
majburiyatlarini aniq belgilab qo`yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan 
mustahkamlash tarafdorimiz» - deb ta’kidladi. O`zKP MKning 1990 yil 23 
martdagi Plenumida I.Karimov: «siyosiy sistemani yangilash masalalarini 
O`zbekistoning iqtisodiy mustaqilligidan ajralgan holda qarash mumkin emas. 
Bizda bunday mustaqillik uchun sharoit bor» - deb aytdi.
Respublikada 80-yillarning oxiridan boshlab iqtisodiy va siyosiy suverenitet 
uchun choralar ko`rildi. O`zSSR Oliy Kengashi 1989 yil 25 noyabrda «O`zSSRni 
iqtisodiy va sosial rivojlantirishning 1990 yil Davlat plani to`g’risida» masala 
muhokamasida iqtisodiy mustaqillikka oid muhim tadbirlarni belgiladi. 1990 yil 23 
martda bo`lgan O`zKP MKning Plenumida siyosiy suverenitetni tahlil etishga va 
konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi.
1990 yil 24 martda bo`lgan Oliy Kengashning 12-chaqiriq 1-sessiyasida 
tarixda birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi va Prezidentni sayladi. 
1990 yil 20 iyunda Oliy Kengashning 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O`zbekistonning 


455 
Mustaqillik Deklorasiyasi» qabul qilindi. Oliy Kengash 1991 yil 15 fevralda 
«O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’risida» maxsus qaror qabul qildi.
O`zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan 
Ittifoq (Federasiya) tarkibida bo`lishini qo`llab 1991 yil 17 martda o`tkazilgan 
umumxalq referendumida qo`shimcha byulletin bo`yicha 9,2 mln. kishi yoki 
qatnashganlarning 94 %i ovoz berdi. Oliy Kengash Rayosati 1991 yil 22 iyulda 
«O`zSSRda joylashgan Ittifoqqa bo`ysunuvchi korxonalarni O`zSSR tobeligiga 
o`tkazish» to`g’risida tarixiy qaror qabul qildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling