Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zbekiston mustaqillik tomon yo`l tutishi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
O`zbekiston mustaqillik tomon yo`l tutishi
I.Karimov O`zKP MQning birinchi kotibi etib 1989 yil 23 iyunda bo`lgan O`zKP MQning XIV-Plenumida saylandi. Yangi rahbariyat milliy o`zlikni anglash kuchayotganiga e’tibor qaratib, mustaqillik tomon yo`l tutildi. Farg’ona, Bo`ka, Parkent voqealarining asl sabablari ochib tashlandi. Respublikada kadrlar masalasida milliy manfaatlar ustuvorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan “kadrlar to`dasi” o`z mavqeini yo`qotdi. Anishchev, Ogaryok, Satin chiqarib yuborildi. O`zbekistonda adolatni tiklash uchun tadbirlar ko`rildi, to`qib chiqarilgan “o`zbek ishi”, “paxta ishi”ning sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko`rildi, aybsiz qamalgan o`n minglab kishilar oqlandi. Jamoatchilik ko`targan o`zbek tiliga davlat tili maqomi berish masalasiga O`zbekistonning sobiq rahbariyati avval millatchilik, mahalliychilik deb qaradi. Keyinchalik o`zbek va rus tilini teng mavqega ko`tarishga urinib, ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o`tkazishga harakat qildi. 449 Respublikaning yangi rahbari O`zSSR Oliy Kengashining 1989 yil 21 oktyabrda bo`lgan 11-sessiyasida “O`zSSRning davlat tili haqida” Qonunni qabul qildi. 1990 yil 19 fevralda “O`zSSRning davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat Dasturi qabul qilindi. Ish yuritish rus tilidan o`zbek tiliga o`tkazila boshlandi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun er ajratildi. 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372 ming oila o`z tomorqalarini kengaytirib oldi, jami 150 ming gektar er ajratildi. Oliy Kengashga 1990 yil 18 fevralda bo`lgan saylovning yangiligi shundaki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko`rsatildi, deputatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar ko`rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 % ovoz bilan saylangan bo`lsa, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to`play oldi, qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo`lib o`tdi. Moskvaning tazyiqiga qaramasdan respublikalar ichida birinchi bo`lib 1990 yil 24-30 martda 12-chaqiriq O`zSSR Oliy Kengashining 1-sessiyasida “O`zSSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to`g’risida” Qonun qabul qilindi, 24 martda Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo`li bilan I.Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylandi. I.Karimov sessiyada nutq so`zlab: “O`zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o`zini o`zi idora qilish va pul bilan ta’minlashga o`tishni o`zimning asosiy vazifam” deb ta’kidladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling