Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. O`zbekistonliklar qayta qurish
islohatlarni katta umid bilan kutib oldi. Biroq tezda aholining hafsalasi pir bo`ldi. 
O`z xalqini himoya qilishga qodir bo`lmagan, siyosiy irodasi bo`sh kishilar 
respublika rahbariyatiga kelib qoldi. Bu rahbarlarning ojizligi tufayli “Kadrlar 
to`dasi” deb nom olgan Markazdan yuborilgan 400 ga yaqin kelgindilar 
O`zbekistonni o`z bilganicha boshqardi. O`zKP MQda Moskva vakillari 
Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. Plenum va 
yig’ilishlar “kadrlar to`dasi”ning boshliqlari Anishev, Ogaryok, Satin va ularning 
hamtovoqlari nazorati ostiga olindi.


446 
O`zbekistonda «O`zbeklar ishi», «Paxta ishi» deyilgan jinoiy ishlar to`qib 
chiqarilib, Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi qamash bilan 
shug’ullandi. Ular hibsga olgan rahbarlar Moskva qamoqxonalariga tashlanib, 30-
yillarda ishlatilgan qiynoq usullaridan foydalandi. 
Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko`paydi. 1986-1987 yy. 
respublikada 270 nafar ayol o`zini yondirib yubordi. Kelgindilar va ularga 
laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy rahbarlar xalqni hafsalasini pir qildi. 
Xalqning an’analarini, diniy qadriyatlarini, tilini kamsitdi, to`y yoki dafnda 
qatnashganlar jazolandi.
Dastlabki norasmiy harakatlar. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini 
tugatish, o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni 
sog’lomlashtirish masalalarini ko`tara boshladi. Norasmiy guruh va tashkilotlar 
paydo bo`lib, siyosiy tusga kira boshladi. Ular dastlab norasmiy deyildi, chunki 
tashkilotlarni ro`yxatga olish va ularga qonuniy maqom berishga asos bo`ladigan 
qonun, huquqiy hujjatlar hali yo`q edi. 
Respublikadagi dastlabki norasmiy harakat 1989 yil tashkil topgan “Birlik” 
xalq harakati edi. Yana “O`zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, “To`maris” xotin-
qizlar tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” harakati tuzildi. Biroq bu 
harakatlar g’oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan etarli darajada uyusha olmadi.
Bu harakatlar dastlabki paytda ma’naviy qadriyatlarni tiklash, Orol 
fojiasining oldini olish, o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning 
ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko`tardi. 
“Birlik” xalq harakati rahbarlari dasturlar ishlab chiqish va siyosiy kurash olib 
borish o`rniga namoyish va mitinglar uyushtirish, olomonni ehtiroslarini avj 
oldirish bilan shug’ullandi, oqibatda “Birlik” bo`linib ketdi.
“Birlik” harakati faollarining M.Solih boshliq bir guruhi 1990-yil boshida 
siyosiy partiya tuzishga kirishdi. 1990 yil 30 aprelda «Erk» demokratik 
partiyasining ta’sis qurultoyi bo`ldi, partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi. 
“Erk” partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi 


447 
tuzumga o`tish, islohatlar o`tkazish, odamlar ongini o`zgartirish, o`tish davrini 
bosib o`tish zarurligini tushunib etolmadilar.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling