Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Adabiyotda 50-80 yillarda roman va povest janrlari rivojlandi. Urush davri 
haqida Oybek “Nur qidirib”, Sh.Rashidov “Qudratli to`lqin”, Shuhrat “Shinelli 
yillar”, S.Ahmad “Ufq”, O.Yoqubov “Er boshiga ish tushsa”, H. G’ulom 
“Toshkentliklar” romanlarini yozdi.
Tiklash va tinch qurilish davri haqida Oybek “Oltin vodiydan shabadalar”, 
A.Qahhor “Qo`shchinor chiroqlari” va “Sinchalak”, Sh.Rashidov “G’oliblar” va 
“Bo`rondan kuchli”, I.Rahim “Ixlos” kabi roman va povestlarni yaratdilar. Parda 
Tursunning “O`qituvchi” romani qishloq ziyolilarining faoliyatini ochib berdi.
Yosh zamondoshlarning ma’naviy qiyofasi va hayoti haqida P.Qodirov “Uch 
ildiz” va “Qora ko`zlar”, O.Yoqubov “Muqaddas” va “Diyonat”, Mirmuhsin 
“Umid” asarlarini yozdi. Odob-axloq, tarbiyaviy masalalar haqida R.Fayziy 


441 
“Hazrati inson”, O`.Umarbekov “Qiyomat qarz”, O`.Hoshimov “Nur borki, soya 
bor” romanlarini yozdi.
Tarixiy mavzuda Uyg’un “Abu Rayhon Beruniy”, O.Yoqubov «Ulug’bek 
xazinasi», M.SHayxzoda “Mirzo Ulug’bek” asarlarini yaratdi. 
O`zbek she’riyatini G’.G’ulom, Zulfiya, Uyg’un, H.G’ulom T.To`la, 
Q.Muhammadiy, M.Shayxzoda, S.Akbariy, S.Zunnunova yangi bosqichga 
ko`tardi. O`zbek qo`shiqchiligini Habibiy, S.Abdulla, P.Mo`min, A.Po`lat 
zamonaviy mavzular bilan boyitdi. O`zbek she’riyatining 60-80 yillardagi 
taraqqiyoti A.Oripov, E.Vohidov, J.Kamol, N.Narzullaev, B.Boyqobilov, 
G.Jo`raeva, O.Hojieva, H.Xudoyberdieva, O.Matjon, Y.Eshbek ijodi bilan bog’liq.
Teatr va musiqa san’ati O`zbekistonda birmuncha o`sdi. Hamza nomidagi 
o`zbek drama teatri Otello” va “Yuliy Sezar” (Shekspir), “Navbahor” (Uyg’un), 
“Shohi so`zana” (A,Qahhor), “Bir sevgi afsonasi” (N.Hikmat), “Gang daryosining 
qizi” (R.Tagor), “A.Navoiy” (Uyg’un va I.Sulton), “M.Ulug’bek (M.Shayxzoda) 
asarlarni sahnalashtirdi.
T.Jalilov nomidagi O`zbek davlat orkestri repertuaridan 1300 ga yaqin 
asarlar o`rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go`zal» xoreografik ansambllari; «Bahor» 
xalq raqs ansambli, «Yalla» vokal-cholg’u ansambllari konsertlari xalqqa manzur 
bo`ldi.
Teatr jamoalari 60-70 yillarda “Noma’lum kishi” (I.Sulton), “Qonli sarob” 
(S.Azimov), “Qutlug’ qon” (Oybek), “Qotil” (Uyg’un), “Ayajonlarim” 
(A,Qahhor), 
“Kelinlar 
qo`zg’oloni” 
(S.Ahmad), 
“Shoshma 
quyosh” 
(O`.Umarbekov) asarlarini sahnalashtirdi. O`zbek akademik teatri jahon 
klassikasining shoh asarlari - V.SHekspirning “Qirol Lir”, “Hamlet” dramatik 
asarlarini sahnalashtirdi.
O`zbek teatri rivojiga rejissyorlar: M.Uyg’ur, Ya.Bobojonov, A.Ginzburg, 
T.Xo`jaev hissa qo`shdi. O`zbek sahnasida aktyorlar: A.Hidoyatov, O.Xo`jaev, 
A.Bakirov, 
S.Eshonto`raeva, 
Sh.Burhonov, 
N.Rahimov, 
R.Hamroev, 
Z.Muhammadjonov, B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, G’.A’zamov, Yo.Ahmedov, 
T.Oripov, T.Azizov, Q.Xo`jaev, P.Saidqosimov samarali xizmat qildi. 


442 
San’atkorlar: 
Yu.Rajabiy, 
H.Nosirova, 
M.Turg’unboeva, 
Tamaraxonim, 
G.Izmaylova, S.Qobulova o`zbek san’atini baland ko`tardi. 
Kino san’ati 1946-1985 yyillarda yuksalib, N.G’aniev “Tohir va Zuhra” 
(1945), “X.Nasriddinning sarguzashtlari”, “Farg’ona qizi” kino fil’mlarini yaratdi. 
K.YOrmatov yaratgan “A.Navoiy” (1947) biografik-tarixiy fil’mi shuhrat qozondi. 
50-60 yillarda yaratilgan K.Yormatovning “Ibn Sino” (1957), “Osiyo ustida 
bo`ron” (1965), “Qora konsulning halokati” (1970); L.Fayzievning “Ulug’bek 
yulduzi” (1965) fil’mlarida o`zbek xalqining tarixiy o`tmishi aks ettirildi.
O`zbek kino san’atiga 60-70 yillarda Sh.Abbosov, A.Hamroev, R.Botirov, 
E.Eshmuhammedov, H.Ahmarov kabi yosh rejissyor va aktyorlar kirib keldi. 
Sh.Abbosov «Mahallada duv-duv gap» (1961), “Sen etim emassan” (1963), 
«Toshkent – non shahri» (1970), “Abu Rayhon Beruniy” (1974) fil’mlarini yaratdi. 
A.Hamraevning “Shiddat” (1971), R.Botirovning “Seni kutamiz yigit” (1972), 
E.Eshmuhammedovning “Nafosat” (1967), “Umid qushi” (1975) fil’mlarida davr 
farzandlarining hayoti, izlanishlari tasvirlandi. M.Qayumovning “Bahordan 
bahorgacha” (1963), “Mirzacho`l” (1975), “”Paranji” (1977) lentalari Butunittifoq 
va jahon kinofestivallarida birinchi mukofotga sazovor bo`ldi.
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining xalqaro kinofestivali 
1968 yildan boshlab Toshkentda 2 yilda 1 marta “Tinchlik, sosial taraqqiyot va 
xalqlar ozodligi uchun” shiori ostida o`tkazilib turildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling