Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sh.R.Rashidov
Tasviriy san’atda Ch.Ahmarov va O`.Tansiqboev devoriy rasm, mozaika va
manzara janrlarida; V.Kaydalov va M.Nabiev portret janrida; M.Usmonov ganch o`ymakorligi, Q.Haydarov va O.Fayzullaev yog’och o`ymakorligi bo`yicha asarlar yaratdi. Toshkentda zamonaviy sirk binosi 1976 yil qurildi. Sirk ustalari Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo`jaevlar, Madalievlar; masxaroboz-qiziqchi A.YUsupov ijod qildi. Madaniy hayotga va ijodiy ishlarga partiyaviylik, sinfiylik tamoyillar asosida yondoshish inqirozga olib keldi. Kommunistik mafkuralashtirish, ma’muriy-buyruqbozlik madaniy hayotga zarar etkazdi. 443 Sh.R.Rashidov (1917-1983) davlat va jamoat arbobi, adib sifatida faoliyat olib borgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashib, urush haqida asarlar yozgan. U 1949-1950 yy. Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi bo`lib ishladi. “Bo`rondan kuchli”, “Qudratli to`lqin”, “G’oliblar” romanlarini yozdi. Sh.Rashidov faoliyatida 50-yillardan boshlab mas’uliyatli davr boshlandi. U 1950-1959 yy. O`zbekiston Oliy Kengashi Rayosati Raisi, 1959-1983 yy. O`zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo`mitasi (O`zKP MQ) birinchi kotibi lavozimida ishladi. 60-80 yillarda qurilgan sanoat korxonalari, yirik inshoatlar Sh.Rashidov nomi bilan bog’liq bo`lib, Mirzacho`l, Qarshi, Jizzax, Yozyovon, Surxon- Sherobod cho`llari o`zlashtirildi. Sh.Rashidov rahbarligi davrida Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangier, Guliston kabi yirik shaharlar barpo etildi. Toshkentda metropoliten qurilishining tashkilotchisi bo`ldi. Jahonda “Toshkent ruhi” sifatida 1966 yil vujudga kelgan mashhur tushuncha Sh.Rashidov nomi bilan bevosita bog’liq, bu Toshkentda tuzilgan xalqaro harakatdir. Sh.Rashidov Osiyo va Afrika yozuvchilari hamkorligi harakatining; Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivalining; Hindiston va Pokiston o`rtasida tinchlik sulhi imzolanishining tashabbuskori bo`ldi. Sh.Rashidov vafot etgach uning xotirasi oyoqosti qilindi va “sharof rashidovchilik” atamasi o`ylab topildi. I.Karimovning jasorati tufayli Sh.Rashidovning nomi oqlandi, o`zbek xalqining milliy g’ururi ham himoya qilib qolindi. I.Karimov 1992 yil “Xalqimizning otashqalb farzandi” asarida: “Bu murakkab shaxs, bir tarafdan, milliy manfaatlarni o`ylashga, ikkinchi tarafdan Markazdan kelgan, tub manfaatlarga zid buyruqlarni hayotga tadbiq etishga majbur bo`lganini unutmasligimiz zarur” - deb aytgan edi.. Tayanch so`zlar: ma’muriy buyruqbozlik, “rivojlangan sosializm”, ekstensiv metod, Sh.R.Rashidov, 7 yillik umumiy majburiy ta’lim, 11 yillik maktablar, 8 yillik ta’lim, Umumiy o`rta ta’limga o`tish, Toshkentda zamonaviy sirk binosi, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining xalqaro kinofestivali. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling