Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ijtimoiy inqiroz. Iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida 1985 yil qabul 
qilingan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi ma’lum bo`lib qoldi. Xo`jalik 
va korxonalarni xo`jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o`tkazish samara 
bermadi. Iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo`jalikni boshqarish va xo`jalik 
mexanizmini isloh qilish, ma’muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o`tish 
tadbirlari ham 1987 yil natija bermadi.
O`zbekistonda aholi jon boshiga hisoblaganda daromadi 75 so`mdan 
oshmaydigan 8,8 mln kishi yashardi. Bular aholining 45 %ini tashkil etardi, kun 
kechirish uchun 1 kishiga oyida 85 so`m zarur edi. Qishloq aholisining atigi 50 %i 
normal ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi. 240 ming oilaning tomorqa eri, besh 
xonadonning birida chorva moli, 37 % xonadonda sigir, yarmida qo`y yo`q edi.
O`zbekistondagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 %i maktab uchun 
mo`ljallab qurilgan binolarda ishlardi. Qolganlari moslashtirilgan maktablarda 
ishlardi, ko`plari avariya holatida edi. O`quvchilarning katta qismi 2-yoki 3-
smenada o`qir edi. O`quvchilar yiliga 2-3 oylab qishloq xo`jalik ishlariga jalb 
etilishi o`quv ishlarini izdan chiqargan edi.
Fojiali voqealar Farg’onada 1989 yil may-iyunda sodir bo`ldi. 45 yil oldin 
Stalin o`z eridan badarg’a qilgan mesxeti turklari bilan tub erli aholi o`rtasida 1989 
yil 20 mayda Quvasoyda mushtlashuv bo`ldi. Favqulodda vaziyatda hukumat 
komissiyasi tuzilib 1989 yil 4 iyundan komendantlik soati joriy etildi. Farg’onaga 
SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo`shinlarining 13 ming kishilik bo`linmasi 
keltirildi.
Ur-yiqit 7 iyunda yana takrorlanib Qo`qon shahriga, Rishton va O`zbekiston 
tumanlariga tarqaldi. Qo`qonda 8 iyunda aholining tinch namoyishi o`qqa tutildi. 
Mesxeti turklari Farg’onadagi harbiy poligonidagi lagerga va Tojikistonning 
Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga ko`chirildi. 
Lagerlarda odamlarni uzoq saqlab bo`lmagani uchun Farg’onadan 16282 kishi 


448 
Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga 
ko`chirildi. 
O`zKP MQning 1989 yil 23 iyunda bo`lgan XIV-Plenumida Farg’ona 
fojiasini o`rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. O`zKP MQning 1989 yil 29 
iyulda bo`lgan XV-Plenumida komissiya axboroti ma’qullandi. Farg’onadagi 
fojiali voqealarga Farg’ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet 
tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy 
ishidagi xatolar ham sabab bo`ldi.
Ana shunday keskinlikdan, respublikada beqarorlikni keltirib chiqarishdan 
manfaatdor bo`lgan siyosiy kuchlar, estremistlar foydalandi. Ular oldindan ishlab 
chiqqan reja asosida harakat qildilar, varaqalar tarqatdilar. Farg’onada sodir 
bo`lgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan 
ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo`ka, Parkent, O`sh, Andijonda ham 
shunday urinishlar bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling