434
3-§. O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz vujudga
kelishi. Madaniy va ma’naviy sohadagi mafkuraviy tazyiqlar
Ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz. Vatanimiz taridagi 50-80
yillarning birinchi
yarmi eng murakkab davrlaridan biridir: 1) mehnatkashlar mehnati tufayli
respublika
iqtisodiyoti rivojlandi; 2) barcha sohalarda muammolar to`planib,
inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi. Xo`jalik yuritish tizimida boshqaruvning
ma’muriy-buyruqbozlik usuli 20-yillar oxiri - 30-yillarda shakllangan. Bu usul 30-
yillarda, urush va tiklash davrlarida samara bergan bo`lsada, 50-yillardan
taraqqiyotga to`siq bo`la boshladi.
1956 yil
iqtisodiyotni qayta qurish, boshqaruvni demokratiyalashtirishga
urinishlar bo`ldi. Markazda hal etilgan mahalliy masalalarni respublikalarga berish,
ijtimoiy
hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joylarga yaqinlashtirish,
xo`jalikni boshqarishning hududiy tartibiga o`tish tadbirlari ko`rildi, biroq amalga
oshmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: