Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Sirdaryo viloyati 1963 yil 16 fevralda tashkil etildi, markazi Guliston shahri 
bo`ldi. 1957 yil Yangier, 1961 yil Guliston shaharlar vujudga keldi. Sirdaryo 
viloyatida paxta maydonlari 1956-1965 yy. 120 ming ga.dan, 211 ming ga.ga; 
paxta xomashyosi 243 ming t.dan 441 ming t.ga ko`paydi. Janubiy Mirzacho`l 
kanali qurildi. Sirdaryo viloyatida 1966-1975 yy. 181 ming gektar yangi erlar 
o`zlashtirildi. 50-yillar ikkinchi yarmi 70-yillar o`rtalarigacha yangi erlar 280 ming 
gektarni tashkil etdi, 55 ta sovxoz tuzildi.
Jizzax viloyati 1973 yil tashkil etildi. Posyolkalar bazasida 1974 yil 
Paxtakor, Do`stlik, Gagarin shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho`lida 70 ming 
gektardan ko`proq yangi erlar o`zlashtirilib, Mirzacho`l (1967), Do`stlik (1970), 
Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sirdaryo va Jizzax 
viloyatlarida 1985 yil 731 ming tonna paxta xomashyosi etishtirildi.
Buxoro viloyatida 1963 yil Amu-Qorako`l, 1965 yil Amu-Buxoro kanallari 
qurildi. 90 ming gektar er, 26 ming gektar yangi er sug’orildi, Qizilqumda 300 
ming gektar yaylovga suv bordi. Yana Markaziy Farg’ona, Qoraqalpog’iston, 
Surxandaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug’oriladigan 
dehqonchilikni 
kengaytirish, 
irrigasiya-qurilish 
ishlari 
olib 
borildi. 
Qoraqalpog’istonda sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. Jizzax va Qarshi cho`li, 
Mirzacho`l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg’ona, Quyi Amudaryo erlarini 
o`zlashtirish, suv chiqarish ishlari avj oldi. 
Amudaryo hisobiga 70-yillarda eng yirik Tuyamo`yin, Kampirrovot 
daryosida Andijon, Namanganda Chortoq va Eskar, Samarqandda Qoratepa, 
Surxandaryoda Surxon suv omborlari; Katta Namangan, Parkent kanallari qurildi. 


432 
O`zbekistonda 1946-1965 yy. 600 ming gektar va 1966-1985 yy. 1,6 mln gektar 
yangi erlar o`zlashtirildi. 1985 yil 10 mlrd m

suvni to`plovchi 23 ta suv ombori
197 ming km. kanallar, 900 ta sug’orish sistemasi, 92 ming gidrouzellar ishlab 
turdi. O`zlashtirilgan qo`riq erlarda 160 ta sovxoz, 7,7 mln m

turar joy, 37 ming 
o`rinli maktabgacha bolalar muassasasi, 102 ming o`rinli umumta’lim maktablari 
tashkil etildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling