Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Aloqa vositalari tarmog’i urushdan keyin kengaydi. Shaharlararo telefon, 
telegraf aloqalari vujudga keldi. Kabel va radiorele liniyalari qurildi. Toshkent 
1965 yil Moskva va Ittifoq (SSSR)ning boshqa shaharlari bilan koaksial kabeli 
orqali bog’landi.
Toshkentda 1971 yil shaharlararo kuchli avtomatik telefon stansiyasi ishga 
tushirildi. AMTS-IM tipidagi shaharlararo avtomatik stansiyalar 1972 yil 
Samarqand, Buxoro, Termiz, keyinroq Namangan, Qarshi, Farg’onada ishga 
tushirildi. 160 ming abonent kod orqali shaharlararo avtomatik telefon aloqasi 
bilan bog’lanish imkoniga ega bo`ldi. Shaharlardagi telefon stansiyalarining 
abonent telefonlari soni 1985 yil 953,9 mingtaga etdi. Respublikada 4166 ta 
pochta, telegraf, telefon aloqa bo`limlari ishladi. Kolxoz va sovxozlar 
telefonlashtirildi.
O`zbekistonda 1-marta 1956 yil 5 noyabrda Toshkent televizon markazi 
ishlay boshladi. 60-yillar oxirigacha Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyati 
televizion ko`rsatuvlar bilan ta’minlandi. Toshkent televideniesining ikki 
programmasi 1977 yil rangli tasvirda Samarqand va Andijonga uzatildi. 
Toshkentda 1978-1979 yy. 350 m teleminora qurildi. Urganch va Nukusda 
telemarkaz ishga tushdi.
O`zbekiston qishloq xo`jaligi. Paxta yakkahokimligi 
fojiasi (1950-1990) 
YAngi erlarni o`zlashtirish. KPSS Markaziy Qo`mitasi va SSSR Ministrlar 
Sovetining 1956 yil “Paxta etishtirishni ko`paytirish uchun O`zSSR va 
QozSSRdagi Mirzacho`lni sug’orish to`g’risida” va 1958 yil “O`zSSR, QozSSR, 
TojSSRdagi Mirzacho`lni o`zlashtirishni jadallashtirish to`g’risida” qarorlarga 
asosan Mirzacho`lda irrigasiya tarixida 1-bo`lib katta madonlarda qo`riq erlar 
o`zlashtirildi. 


431 
1956 
yil 
qo`riq 
erlarni 
o`zlashtirish 
bosh 
boshqarmasi 
“Glavgolodnostep’stroy”, 1963 yil irrigasiya va sovxozlar qurilishi bo`yicha O`rta 
Osiyo 
bosh 
boshqarmaii 
-“Glavsredazsovxozstroy”, 
ularning 
hududiy 
boshqarmalari tizimi tashkil etildi. Mirzacho`lda 1956-1965 yy. 84 ming gektar 
yangi er o`zlashtirilib, 16 ta paxtachilik, 1 ta bog’dorchilik sovxozlari tashkil etildi. 
456 ming m

turar joy, 170 km temir va 759 km avtomobil yo`llari, 637 km elektr 
liniyalari qurildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling