Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Kimyo sanoatida mineral o`g’it ishlab chiqarish etakchi o`rinda turar edi. 
SHu maqsadda 50-yillarda Samarqand superfosfat, 1962 yil Farg’ona azot o`g’iti, 
1969 yil Olmaliq kimyo zavodlari, 1965 yil Navoiy kimyo kombinati qurildi. 70-
yillarda Olmaliq va Samarqand zavodlarda mineral o`g’itlar ishlab chiqaruvchi 
yangi quvvatlar qurildi. 1985 yil 7,8 mln t. mineral o`g’it ishlab chiqarildi. Bu 
1960 yildan 7 marta, 1950 yildan 15 marta ortiq edi.
Farg’ona kimyo tolalari zavodida kimyo tolalari ishlab chiqarish yo`lga 
qo`yildi. Plastmassalar ishlab chiqarish Ohangaron “Santexnika”, Jizzax 
plastmassa trubalari zavodlarida yo`lga qo`yildi. Maishiy kimyo mahsulotlari 
ishlab chiqarish 1971 yil qurilgan Olmaliq maishiy kimyo zavodida, Quvasoy, 


425 
Namangan kimyo zavodida, Toshkent yog’-moy zavodi tarkibida 1971 yil qurilgan 
sintetik yuvish vositalari zavodida yo`lga qo`yildi.
Kimyo sanoatida zararli vositalar, kislotalar ishlab chiqarish katta o`rin tutib, 
Andijon gidroliz zavodi, Farg’ona furan birikmalari zavodi, YAngiyo`l bioximiya 
zavodi paxta va sholidan spirt, oqsil achitqilari, furan tayyorladi. Farg’onada 
triasetilsellyuloza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda kaprolaktam ishlab chiqarish 
yo`lga qo`yildi. 1960 yil 235,4 ming t., 1985 yil 2,3 mln t. sulfat kislota ishlab 
chiqarildi. Markaziy hokimiyat 60-70-yillarda respublikaga zaharli kimyo 
vositalarini ishlab chiqarishni tiqishtirdi. 1985 yil 47,9 ming tonna turli zaharli 
ximikatlar ishlab chiqarildi.
O`zbekiston metallurgiya sanoati kombinatida 1962 yil uzliksiz po`lat 
quyuv qurilmasi ishga tushirildi. 1970-1980 yy. elektr yordamida po`lat eritish 
kompleksi va 2 ta pechi qurildi va po`lat idishlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. 
1985 yil po`lat eritish 1,2 mln tonnaga etdi. Rangli metallurgiya sanoatning etakchi 
tarmog’i bo`lib, 50-yillarda Olmaliq-Angren tog’ sanoati rayonida nodir metallar 
koni topilib, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bunyod etildi.
Jizzax viloyati Forish tumanida Uchquloch rangli metallar koni kompleks 
usullar yordamida o`rganilib 1951 yil Pistali, Qo`shqura, Uzoq, Markaziy, Sharqiy 
qo`rg’oshin, rux, mis konlari topildi. Uchquloch va Band posyolkalari qurildi. 
Respublikada yana 50 ga yaqin simob va surma konlari topildi. Angrenda zaxirasi 
10 mlrd t. bo`lgan kaolin gili topildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling