Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Aviasiya zavodi 1941 yil Ximki shahridan keltirilgan zavod asosida 
Toshkentda barpo etildi. Dastlab PS-84 va IL-2 samolyotlarini ishlab chiqardi. 
Toshkent aviasiya zavodida 1953 yil IL-14, 1958 yil transport samolyotlari, 1966 
yil AN-22 samolyotlari ishlab chiqarildi.
1972 yil Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi 
tashkil etilgach, bu uyushmaga Toshkent aviasiya zavodi (bosh korxona), Andijon 
va Farg’onadagi mexanika zavodlari, Toshkent kislorod zavodi birlashtirildi. 
Toshkent aviasiya zavodida 1961 yildan boshlab I.Karimov 5 yil davomida etakchi 
muhandis-konstruktor bo`lib ishladi.
Qurilish materiallari sanoati O`zbekistonda 50-80 yillarda rivojlanib, 
urushgacha g’isht zavodlari, Bekobodda 1926 yil Xilkovo sement zavodi, 1932 yil 
Quvasoy sement zavodi qurildi. 1985 yil qurilish materiallari sanoatining: 
Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohangaron, Navoiy, Qumqo`rg’on sement zavodlari; 
Toshkent, CHirchiq, YAngiyo`l, Angren, Ohangaron, Bekabod, Bektemir, Jizzax, 


428 
Samarqand, Andijon, Farg’ona, Qarshi, Nukus, jami 11 ta yirik panelli uysozlik 
kombinatlari bor edi. 
Angren uysozlik buyumlari zavodida Cho`yan quvur va vannalar, 
rakovinalar ishlab chiqarildi. Angren keramika kombinatida quvurlar, Xovosda 
sopol quvurlar ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida alibaster, ganch, 
cherepisa, chiy, qamish, plitalar ishlab chiqarildi. O`zbekistonda 34 ta marmar koni 
bo`lib, marmarni qayta ishlash zavodlari Toshkent, G’azalkent, Ohangaron, Kitob, 
Nukus va G’azg’onda bor.
Engil sanoatni ustun darajada rivojlantirishga imkon beruvchi omillar 
O`zbekistonda mavjud. Bular: ko`plab paxta, pilla, kanop xomashyosi etishtirilishi; 
yoqilg’i-energetikasi va to`qimachilik mashinasozligiga egaligi; aholi o`sishining 
yuqoriligi engil sanoatni ishchi kuchi bilan ta’minlash imkoniyatiga egaligi; 
aholining tez ko`payishi engil sanoat mahsulotlarining iste’molchisi ekanligidir.
O`zbekistonda 50-80 yillarda engil sanoat bir tomonlama rivojlandi. Bunda 
asosiy e’tibor paxta qabul qilish va tozalash, pillakashlik, qorako`l teri va kanop 
tolasiga dastlabki ishlov berish, jun yuvishga qaratildi. O`zbekistonda 80-yillarda 
107 ta paxta tozalash zavodi, 490 ta paxta punktlari ishladi. Buxoro, Namangan
Juma paxta tozalash zavodlarining har biri yiliga 100 ming t. paxtani qayta ishladi, 
yiliga 1,5 mln t. paxta tolasi etishtirildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling