Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Oltin qazib olish sanoati 60-yillarda bunyod etildi. Respublikada 30 ta oltin 
koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov va Marjonbuloq kombinatlari 
qurildi. O`zbekistonda Muruntov, Chodak, Konbuloq konlari; Farg’onadagi daryo 
o`zanlarida sochma oltin; Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin 
tarkibli kvars rudalar aniqlandi. “O`zbekoltin” birlashmasi tuzilgach, uning 
tarkibida Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi 
qurildi 
Mashinasozlik sanoati O`zbekistonda 50-80 yillarda ko`p tarmoqli sohaga 
aylandi. Respublikada 1985 yil sanoatda 1549 ta korxonalarning 100 dan ortig’i 


426 
mashinasozlik tarmog’iga tegishli bo`lib, ularda tayyorlangan mashinalar sanot 
mahsulotlarining 16 %ini tashkil etdi. Dastlab Paxtachilikka xizmat qiluvchi 
mashinasozlik tarmog’ini rivojlantirish amalga oshirildi.
Toshkent qishloq xo`jaligi zavodi (Tashsel’mash) qishloq xo`jaligi 
mashinasozligining bosh korxonasi edi. Birinchi Prezident I.Karimovning mehnat 
faoliyati dastlabki yillari Tashsel’mash zavodida o`tgan. U zavodda usta 
yordamchisi, usta-texnolog bo`lib ishlagan. Tashsel’mash zavodida 1960 yil 3184 
ta, 1985 yil 9425 ta paxta terish mashinalari ishlab chiqarildi. Bu mashinalar 
Ittifoqdosh respublikalarga, shuningdek Bolgariya, Yugoslaviya kabi 38 ta xorijiy 
mamlakatlarga eksport qilindi. Tashsel’mash zavodining filiallari Sirdaryo, 
CHirchiq, Asaka shaharlarida qurildi, ularda paxta terish mashinalarining turli 
qismlari tayyorlandi.
50-yillarda qishloq xo`jalik mashinalari uchun reduktor, traktor moslamalari 
ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Bu zavodga 1963 yil O`zbekiston traktor yig’uv 
zavodi, 1971 yil Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozligi agregat zavodi nomi 
berildi.
“Tashxlopkomash” zavodi bazasida 1957 yil Paxta tozalash sanoati uchun 
mashinalar ishlab chiqaruvchi “Tashavtomash” zavodi barpo etildi. Zavodda 1967-
1971 yy. traktor ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi va “Toshkent traktor zavodi” 
(TTZ) nomi berildi. TTZda paxta tashuvchi transport vositalari, “GAZ-51” yuk 
avtomobili uchun ehtiyot qismlar, 1970 yil 21,1 ming ta traktor, 38,5 mingta 
prisep; 1985 yil 26,4 ming ta traktor, 38,1 mingta prisep ishlab chiqarildi. TTZ 
mahsulotlari Kuba, Eron, Afg’oniston, Pokiston kabi 30 dan ortiq xorijiy 
mamlakatlarga eksport qilinar edi.
Qishloq xo`jaligini mexanizasiyalashda O`zbekiston qishloq xo`jaligi 
mashinasozligi zavodi muhim o`rinni egallaydi. 1948 yildan “O`zbekshel’mash” 
deb atalgan bu zavodda 1960 yil ko`rak chuvish mashinasi, 1965 yil to`kilgan 
paxtani teruvchi, g’o`zapoya yuladigan mashinalar ishlab chiqarildi. 1976 yil 
O`zbekiston qishloq xo`jalik mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi tashkil 
etildi. Birlashmaga “Uzbeksel’mash” zavodi, Toshkent kimyo qishloq xo`jaligi 


427 
mashinasozligi zavodi, Paxtakor qishloq xo`jalik mashinasozligi zavodi biriktirildi. 
Birlashma mahsulotlari Ittifoqdosh respublikalar, Hindiston, Eron, Afg’oniston, 
Gresiya kabi 28 ta xorijiy mamlakatga eksport qilindi.
Mashinasozlikning paxtachilik kompleksi tarkibiga kiruvchi yana bir 
yo`nalishi - irrigasiya mashinasozlik tarmog’idir. Uning markazi Andijon bo`lib, 
1965 yil Andijon irrigasiya mashinasozligi zavodi qurildi. Paxtachilik kompleksi 
bilan bog’liq mashinasozlikning yana bir yo`nalishi paxta tozalash sanoati va 
to`qimachilik mashinalari ishlab chiqarishdir. Bu tarmoqning etakchi korxonalari 
50-60 yillarda qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi, Andijon “Kommunar” 
zavodi hisoblanadi. 
To`qimachilik sanoati tarmog’ida 1946 yildan to`qimachilik mashinalari 
ishlab chiqarayotgan Toshknt to`qimachilik mashinasozligi zavodi etakchi o`rinni 
egallaydi. Bu zavod 1948-1966 yy. to`qimachilik mashinalarining 48 ta yangi 
turini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi. 1966 yil PK-100 markali yigirish-eshish va 
shisha tolalariga ishlov beruvchi PL-666 markali mashinalar ishlab chiqarish 
o`zlashtirildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling