Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XVIII-bob. O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XVIII-bob. O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 
va madaniy hayoti (1946-1990) 
1-§. Urushdan keyin O`zbekiston xalq xo`jaligi. 
Ma’muriyatchilikning kuchayishi 
Xalq xo`jaligining tinch qurilishga o`tishi. O`zbekiston urushdan keyin 
SSSRning g’arbiy viloyatlariga xo`jalikni tiklash uchun Dnepropetrovsk viloyatiga 
300 aloqachi mutaxassis, Toshkent temiryo`lchilari 230 kishi yubordi. 
O`zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston respublikalari Rossiyaning sharqiy 
viloyatlari, Chuvashiston, Tatariston va Boshqirdiston avtonom respublikalari
Ukrainaga 5000 traktor, 300 ta avtomashina, 500 ta plug etkazib berdi. Donbass 


417 
shaxtalarini qayta tiklashga O`zbekiston nasos, kompressor, ko`targich kran, elektr 
kabellari va usunalar yubordi.
O`zbekistondagi mashinasozlik zavodlari qurol-aslaha ishlab chiqarishdan 
qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarishga moslab qayta jihozlandi. Chunki 
Markazning maqsadi O`zbekistonni paxta bazasi sifatida qoldirish edi. 
“Tashsel’mash”, “O`zbeksel’mash”, “Krasniy dvigatel’”, “Pod’yomnik” zavodlari 
paxtachilik hamda irrigasiya qurilishi uchun mashina va uskunalar ishlab 
chiqarishga moslashtirildi. Kimyo sanoati, Engil va oziq-ovqat sanoati korxonalari 
ham qayta qurildi va ishlab chiqarishni kengaytirdi. Urush yillarida boshlangan 
yirik inshootlar Farhod GESi, O`zbek metallurgiya kombinatining yangi 
korxonalari qurilishi davom etdi.
SSSR Oliy Kengashi 1946 yil 18 martda “SSSR xalq xo`jaligini tiklash va 
yanada rivojlantirishning 1946-1950 yillarga mo`ljallangan rejasi haqida qonun” 
qabul qildi. Markaz oshirib belgilagan vazifalar O`zSSR Oliy Kengashi 1946 yil 
avgustda tasdiqlagan “O`zSSR xalq xo`jaligini tiklash va rivojlantirishning 1946-
1950 yillarga mo`ljallangan 5 yillik rejasi haqida qonun”da o`z ifodasini topdi. 
Rejada respublika uchun sanoat mahsulotlarini 52 % ga ko`paytirish, paxtachilikni 
kompleks mexanizasiyalashni tugallash kabi noreal vazifalar qo`yilgan edi, rejalar 
bajarilmadi.
O`zbekistonda 1946-1950 yillarda 150 dan ortiq yangi sanoat korxonalari 
qurildi. “Tashsel’mash”, “O`zbeksel’mash”, “Chirchiksel’mash”, Samarqanddagi 
“Krasniy dvigatel’” zavodlari paxtachilik mashinalari ishlab chiqarishni 
kengaytirdi. Quvvatiga ko`ra SSSRda 3-o`rinda turuvchi Farxod GESining 1-va 2-
navbatlari, 1-Oqqvoq, 1-va 2–Bo`zsuv gidroelektr stansiyalari qurildi.
Elektroenergiya ishlab chiqarish 1945 yil 1187 mln. kv/s.; 1950 yil 2681 mln. kv/s 
o`sdi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling