Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekistonliklar - Evropa xaloskori


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekistonliklar - Evropa xaloskori. O`zbekistonlik jangchilar Evropani 
ozod qilishda faol qatnashib, Polshada shonli xotira qoldirgan 1-o`zbek generali 
57-gvardiyachi diviziya qo`mondoni Sobir Rahimov edi. Uning diviziyasi 
Kavkazdan Sharqiy Prussiyagacha bo`lgan janglarni bosib o`tdi, unga 1943 yil 
martda general-mayor unvoni berildi.
S.Rahimov 1943 yil maydan 1944 yil aprelgacha Moskvadagi Oliy harbiy 
akademiyada ta’lim oldi. U Belorussiyani, Polshaning Grudzyandz, Gnev, 
Starograd, Dzyaddovo shaharlarini ozod qildi. S.Rahimov 1945 yil 26 martda 
Gdangsk shahrini ozod qilishda xalok bo`ldi. Ulimidan so`ng Qahramon unvoni 
berildi. Polsha xalqi S.Rahimov nomini e’zozlab kelmoqda.
Maxsus lagerlardan qochgan o`zbekistonliklar Chexoslovakiya, Polsha, 
Yugoslaviya, Gresiya, Fransiyadagi Qarshilik harakatiga qo`shilib jang qildi. 
Polshada Samarqandlik G.Bulatov otryadi ko`prik va temiryo`llarni portlatib 
dushmanning eshelonlarini ag’dardi.


414 
Slovakiyada 1944 yil o`rtalarida fashistlarga qashi milliy qo`zg’olonda 
o`zbekistonliklardan partizan otryadi komandiri V.Melnikov, R.Allamov, 
A.Narzullaev, 
R.Hamroevlar 
ishtirok 
etdi. 
Yugoslaviyada 
Farg’onalik 
U.Xolmatov jasorat ko`rsatib 3 marta YUgoslaviya mukofatlariga sazovor bo`ldi.
Fransiyada 37 millatga mansub 2200 sovet harbiy asirlaridan tuzilgan 
partizanlar polki A.Kozaryan qo`mondonligida fransuz partizanlari bilan Ales
Viltor, Sen-Sheli shaharlarini, Gar va Lozer departamentini ozod qildi. Bu 
janglarda Samarqandlik A.Rahmatov, Bulung’urdan S.Shomurodov, Toshkentdan 
R.Rahimov va N.Amirov faol qatnashdi. Fransiya janubini ozod etishda jasaroti 
uchun Qo`qonlik H.Ismoilov, Toshkentlik T.Ziyaev Fransiyaning “Janna d’Ark 
kresti” ordeni bilan mukofotlandi.
Italiyaning Karraro konlarida ishlatish uchun olib borilgan harbiy asirlar 
Andijonlik T.Qo`chqorov va A.Mamajonov Italiyada Garibaldiyachi partizanlar 
otryadiga qo`shilib dushmanga qarshi kurashdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling