Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Elektr energiyasi va yoqilg’i ishlab chiqarishni O`zbekiston sanoat 
korxonalari quvvatining kengayishi, ko`chirib keltirilgan zavodlarning ishga 
tushirilishi talab qildi. Bu muammoni hal etish uchun VKP(b) MQ va SSSR XKS 
1942 yil 18 noyabrda “O`zSSRda 5 ta gidroeletrstansiya (GES) qurish to`g’risida” 
qaror qabul qildi. Yana metallurgiya zavodi qurish, ko`mir va neft qazib olishni 
ko`paytirish tadbirlari ham belgilandi. Yangi sanoat korxonalari va energetika 
tarmoqlari qurilishi uchun 1 mlrd. so`m ajratildi.
Eng yirik gidroelektrostansiya - Farhod GESi qurilishi 1943 yil boshlandi. 
Umumxalq qurilishiga aylangan Farhod qurilishi hashar yo`li bilan bajarilib, 10 
oyda Sirdaryo jilovlandi. Urush yillarida Bo`zsuv daryosida: Tovoqsoy, Oqqovoq, 
Salor, Quyibo`zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari; Samarqan viloyatida Taligulyan 
GESi, 30 ga yaqin kichik kolxoz GESlari qurilib ishga tushirildi. O`zbekistonda 
elektr energiyasi ishlab chiqarish 2,5 baravarga ko`paydi, ya’ni 1940 yil 482 mln. 
kv/s. dan 1945 yil 1187 mln. kv/s. ga ko`paydi. 
Ko`mir qazib oladigan dastlabki shaxta 1940 yil oxirida Ohangaron daryosi 
oqimidagi Qurama tog’ tizmasida qurilgan edi. Urush davrida “Angrenugol” 
ko`mir konida yana 3 ta shaxta va ochiq usulda ko`mir qazib oladigan karer 
bunyod etildi. O`zbekiston va Qirg’iziston chegarasida Qizilqiya ko`mir koni ishga 
tushirilgach o`ta issiqlik quvvatiga ega bo`lgan qo`ng’ir ko`mir qazib olindi. 1940 
yil atigi 3,4 ming tonna ko`mir qazib olingan bo`lsa, 1945 yil 103 ming tonna 
ko`mir qazib olinishi natijasida O`zbekiston sanoatining yangi tarmog’i – ko`mir 
sanoati barpo qilindi. 


398 
Andijon, Polvontosh, Changartosh, Chimyon neft konlarida mahsulot ishlab 
chiqarish ko`paytirildi. Urush yillarida Chuqurlangar, Tolmozor, Nayman, 
Shahrixon, Xo`jaobod, Janubiy Olamushuk yangi neft konlari ishga tushirildi. Neft 
tozalash zavodi, ozokerit ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. O`zbekistonda urush 
yillarida neft ishlab chiqarish 4 marta ko`paydi va 1945 yil 478 ming tonnadan 
ortdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling