Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mehnat safarbarligi. O`zbekiston front orqasini mustahkamlash, xo`jalikni 
harbiy izga tushirishida VKP(b) MQ va DMQ topshirig’iga binoan ishlab chiqilgan 
va 1941 yil 16 avgustda tasdiqlangan 1941 yil 4-kvartali va 1942 yil uchun harbiy 
xo`jalik ishlar rejasi asos bo`ldi. Bu rejada O`zbekistonda yangi zavodlar, shaxtalar 
qurish, qurol, o`q-dori, tank, samolyot, to`p va zambaraklar ishlab chiqarish dasturi 
belgilab berildi. O`zbekistonda bu tadbirlarni amalga oshirishga 1941 yil 25 
avgustda tashkil etilgan U.Yusupov boshliq maxsus hukumat komissiyasi rahbarlik 
qildi. 
1941 yil oxirigacha 300 ga yaqin korxona harbiy ishlab chiqarishga 
moslashtirildi. Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin Toshkentlik 
xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-
qizlari ko`mir shaxtalarida ishlashga yo`l oldilar. 1941 yil iyuldan “Tashselmash” 
zavodida 220 ta xotin-qizlar frontga ketgan otalari, akalari, erlarining o`rniga ishga 
kirib mehnat qildilar.


394 
Kolxozchi va sovxoz ishchisi 2-3 ish normasini bajarish uchun ishladi. 
Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan ta’minlash uchun o`quv yurtlari 
faoliyati urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo`naltirildi; yakka va 
brigada tartibida hunar o`rgatish ishlari yo`lga qo`yildi.
O`zbeklarning insonparvarlik fazilatlari. Urush bo`layotgan hududlardan 
O`zbekistonga muhim sanoat korxonalari, kolxoz, sovxoz va MTSlarning mulklari, 
madaniy boyliklar va o`quv yurtlari ko`chirildi. O`zbekistonga million-million 
kishilar oqib kela boshladi. Ular fashistlar vayron qilgan shahar va qishloqlarning 
aholisi, etim bolalar edi.
Tarixda bunday katta voqea birinchi marta sodir bo`ldi. O`zbekistonga 100 
ga yaqin sanoat korxonasi: jumladan 48 ta mashinasozlik, metal ishlash, kimyo, 
harbiy texnika va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-
uskunalari ko`chirib keltirildi. O`zbek xalqi urushning dastlabki yillarida ko`chirib 
keltirilgan 
Rossiya, 
Ukraina, 
Belorussiya, 
Moldaviya, 
Boltiqbo`yi 
respublikalaridan 1 mln.dan ko`proq kishini, 200 mingdan ko`proq bolalarni qabul 
qildi.
O`zKP MQ 1941 yil 3 dekabrda ko`chirib keltirilganlarni joylashtirish 
yuzasidan qaror chiqardi. Ko`chirib keltirilganlarni hisobga olish va joylashtirish 
bilan XKS huzurida 1941 yil 10 iyulda tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi va 
mahalliy sovetlarning ijroiya qo`mitalari qoshida tuzilgan alohida bo`limlar 
shug’ullandi. Ko`chirib keltirilganlar qisqa muddat ichida Andijon viloyatiga 100 
ming, Samarqand viloyatiga 165 ming, Namangan viloyatiga 53600 kishi 
joylashtirildi. O`zbekiston bo`yicha 1942 yil bahorigacha 716 ming kishi, shu 
jumladan 200000 dan ko`proq etim bolalar qabul qilib olindi.
O`zSSR XKS qoshida bolalarga yordam ko`rsatish bo`yicha maxsus 
komissiya tuzildi. Uning ishida 30 ta xotin-qizlar faoliyat ko`rsatdi. O`zbekiston 
Xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsimlash 
markazi tuzilib viloyat, shahar va tumanlarda qabul qilish punktlari ochilib, 
o`qituvchilar navbatchilik qildi. Milisiya bo`limlarida 30 dan ortiq bolalar xonalari 
tashkil etildi. Ko`chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda bo`lgani uchun 15 


395 
yoshgacha bo`lganlari bolalar uylari va maktab-internatlarga, 15 yoshdan katta 
bolalar ishlab chiqarishga joylashtirildi.
Respublika zavod-fabrika ta’limi maktablarida o`qishga fabrika-zavod 
ta’limi maktablari, hunar va temiryo`l bilim yurtlarining sobiq talabalari jalb etildi. 
1942 yil 2 yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlarning yig’ilishida etim bolalarni 
o`z tarbiyasiga olishga da’vat etilgan respublika ayollariga murojaat qabul qilindi. 
O`zbekiston rahbarlaridan U.YUsupov va Y.Oxunboboevlar oilasi ham etim 
bolalarni o`z tarbiyasiga oldi.
Toshkentlik temirchi usta Sh.Shomahmudov va B.Akramovalar oilasi turli 
millatga mansub 14 bolani farzandlikka oldi. Urushdan nogiron bo`lib kelgan 
Kattaqo`rg’onlik H.Samatov oilasi 13 bolani farzandlikka oldi. Samarqandlik 
kolxozchi ayol F.Qosimova oilasi 10 bolani farzandlikka oldi. I.Karimov 1996 yil 
“Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” degan asarida: “O`sha og’ir, bir burda non 
tansiq bo`lgan yillarda O`zbekiston minglab oilalarga boshpana, non berdi” - deb 
yozgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling