Mashinasozlik
sanoatining
rivojlanishiga
energetika
va
yoqilg’i
sanoatining o`sishi qulay baza yaratdi. G’arbdan ko`chirib keltirilgan zavodlar
bazasida 16 ta stanoksozlik, to`qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil
etildi. Metalga talab oshib bordi. Bekobodda metallurgiya zavodi qurish haqida
O`zbekiston XKS 1942 yil 17 inyunda qaror qabul qildi.
Rossiya va Qozog’iston sanoat korxonalaridan asbob-uskunalar keltirildi;
zavod qurilishida 30 mingdan ko`proq kishi ishtirok etdi. Beloresk, Dobryanka,
Gurev,
Makeyevka
zavodlaridan
po`lat
erituvchi
mutaxassislar
keldi.
O`zbekistonliklar Ural va Sibirda marten, prokat ishlarini o`rganib keldi.
O`zbekistonning 1-metallurgiya (Bekobod) zavodi 1944 yil 5 mart kuni
dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladi. Tez kunda zavodning 1-navbati,
1945 yil fevraldan 2-navbati ishga tushirildi.
Qora va rangli metall konlarini urush yillarida o`zlashtirish boshlandi.
Langar, Ingichka, Qo`ytosh, G’o`rtepa, Olmaliq rangli metall konlari, Oqtosh
boksit koni o`zlashtirildi.
Gorkiy va Stalinogorsk kimyo kombinatlaridan ko`chirib keltirilgan
uskunalar asosida 1944 yil yanvarda Chirchiq elektrokimyo kombinatining 2-
navbati qurilib, ammiak ishlab chiqara boshladi. Quvasoy kimyo zavodi, Qo`qon
superfosfat zavodi, Farg’ona gidroliz zavodi 1943 yil qurilib ishga tushirildi.
Kimyo sanoati mahsulotlari salmog’i 1940 yilga nisbatan 1945 yilda 6,5 baravarga
ko`paydi. Yana 1943 yil 12 ta yog’ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va
4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. Hunar va temiryo`l bilim yurtlari,
fabrika-zavod ta’lim maktablari 57 mingdan ziyod yosh ishchi kadrlarni tayyorlab
berdi. Respublikada 100 mingdan ko`proq malakali ishchilar tayyorlandi.
399
Do'stlaringiz bilan baham: |