Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Oliy va o`rta maxsus ta’limni shakllantirish Sovetlarning xalq ta’limi 
sohasida yuritgan siyosatining muhim yo`nalishlaridan biri edi. Toshkentda 1920 
yil sentyabrda tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti Turkistonda oliy 
ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o`chog’i bo`ldi. Keyin 
u O`rta Osiyo universiteti maqomini oldi. Bu universitet talabalari safida mahalliy 
millat yoshlari oz bo`lib, unda o`qish qiyinchilik tug’dirdi. Chunki 
o`qituvchilarning mutlaq tarkibi evropaliklar bo`lib, o`qitish faqat rus tilida olib 
borildi.
O`rta Osiyo Davlat universitetida 1923/24 o`quv yilida ta’lim olayotgan 
2047 nafar talabadan faqat 51 nafari mahalliy millat yoshlari edi. Bu universitetda 
1924/25 o`quv yilida 2440 talaba va ishchilar fakul’tetida 889 ta yoshlar ta’lim 
oldi.
O`rta Osiyo Davlat universiteti negizida 30-yillar boshlarida O`rta Osiyo 
politexnika (hozirgi Texnika universiteti), Moliya-iqtisod, Tibbiyot, Qishloq 
xo`jalik, To`qimachilik institutlari, Samarqand davlat universiteti tashkil etildi. 
Malakali pedagogik kadrlarlarga talab oshgach Buxoro, Samarqand, Toshkent, 
Nukus, Xiva, Urganch, Farg’ona va Namangan shaharlarida pedagogika va 
o`qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi.
Respublikada 1932 yil oliy o`quv yurtlari soni 31 taga, talabalar soni 12,2 
nafarga, 1937 yil talabalar 15,5 mingga, 1941 yil 18 ming nafarga etdi. Mahalliy 
yoshlar orasidan tanlab olinib partiya, sovet va xo`jalik organlarida, sosialistik 
qurilish jabhalarida faoliyat ko`rsatishga da’vat etilgan rahbariy kadrlar 
tayyorlashga ham e’tibor qaratildi. Hukmron partiyaning “oltin fondi” hisoblangan 


384 
bunday kadrlarni tayyorlash uchun 1923 yil Turkiston kommunistik universiteti 
ochildi. Unda o`lkaning bo`lg’usi sovet kadrlari “markscha-lenincha” ta’limotni 
o`rgandi. 
Turkistonda bu davrda yana 2 ta markaziy, 5 ta viloyat va 5 ta uezd partiya 
sovet maktablari ham faoliyat ko`rsatmoq edi. Ulardagi 1312 ta tinglovchining 10 
%i xotin-qizlar edi. Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida 
1923 yil 77 nafar turkistonlik yoshlar ta’lim oldi: o`zbeklar 24, turkmanlar 24, 
qozoq-qirg’izlar 29 nafar edi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling