Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Quloqlashtirish. Ommaviy jamoalashtirish boshlanishi bilan respublikada 
15 % dan ortiq xo`jaliklar quloq qilindi; 1930 y. boy va quloq xo`jaliklar toifasiga 
kiritilgan 2648 ta o`rtahol dehqon xo`jaliklari tugatildi. «Quloq» qilinganlar 
Ukraina, Sibir, Qozog’istonga yoki yangi o`zlashtirilayotgan cho`l, to`qayzor, 
qamishzor erlarga badarg’a qilindi. Bir necha ming quloq qilinganlar oilasi 
Samarqand viloyatining Miyonqol orolini o`zlashtirib paxta, sholi ekadi.
O`zbekistonda dehqon xo`jaliklarini yoppasiga jamoalashtirishni KP MQ 
1930 yil 5 yanvar qaroriga binoan 1933 yil boshlariga qadar tugallash muddati 
belgilandi. Respublikada mahalliy rahbarlar uni muddatidan avval bajarish uchun 
“shiddat” ko`rsatdilar. 1930 yil iyunida 6124 ta kolxoz tuzilib, ularga jalb 
qilinganlar dehqon xo`jaliklarining 27,1 % ini tashkil etgan bo`lsa, 1930 yil oxirida 
37% ga, 1931 yil dekabrida 68,2 % ga etdi. Quloqlashtirish oqibatida 
O`zbekistondan 60 mingdan ortiq kishi Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 
surgun qilindi.
O`zbekistonda 1932 yil oxirida jamoalashtirilgan xo`jaliklar barcha dehqon 
xo`jaliklarining 81,7 % ini birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo`jaliklari negizida 
9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etildi. Bu davrga kelib jamoalashtirish 
paxtachilik tumanlarida asosan tugallandi. Ularning ekin maydoni 1929 yil 530 
ming gektar bo`lgan bo`lsa 1932 yil 928 ming gektarga ko`paydi.
“SSSRning paxta mustaqilligini ta’minlash”da O`zbekiston o`z ulushini 
qo`shdi: 1935 yil 1 mln. tonna, 1939 yil 1,5 mln. tonna, 1941 yil 1.656.200 tonna 
paxta tayyorlandi. Bu SSSR bo`yicha tayyorlangan paxtaning 60 % dan 
ziyodrog’ini tashkil qilardi. O`zbekiston qishloq xo`jaligi tizimida 30-yillar 
davomida paxta yakkahokimligi mustahkam o`rin egallab bordi. 1933 yil paxta 
mahsuloti respublikada tayyorlanayotgan qishloq xo`jalik mahsulotlari umumiy 
hajmining 81,5 % ini tashkil etgan bo`lsa, 1937 yil 93,4 % ga etdi.


380 
Qishloqni jamoalashtirish ham yakunlovchi pallasiga kirib, dehqon 
xo`jaliklarini jamoalashtirish darajasi 1937 yil 95 % ga etgan bo`lsa, 1939 yil 99,2 
% ni tashkil etdi. O`zbekiston bo`yicha ommaviy jamoalashtirish jarayonida 
“quloqlarni sinf sifatida tugatish” masalasi uzil-kesil hal qilindi. Ming-minglab 
kishi quloq sifatida qatag’on qilindi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling