Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. O`zbekistonda Sovet hokimiyatining madaniy-ma’rifiy
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
3-§. O`zbekistonda Sovet hokimiyatining madaniy-ma’rifiy
va qatag’onlik siyosati Sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari O`zbekistonda 20-yillar boshlarida faol boshlab yuborildi. 20-yillar o`rtalaridan Eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimi barham topdi. O`zbekiston hayotidan muhim o`rin olgan Sovetcha ta’lim berishga mo`ljallangan bilim dargohlari: 1-bosqich (boshlang’ich) va 2-bosqich (o`rta) maktablari edi. 1921 yil Turkistonda 165645 o`qituvchisi bo`lgan 1965 ta 1-bosqich, 6500 o`qituvchisi bo`lgan 58 ta 2-bosqich sovet maktablari bo`lgan. Turkiston ASSR hukumati 1920 yil 17 sentyabrda o`lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan kishilarni o`qitish va savodxon qilish to`g’risida dekret qabul qildi. O`zbekistonda 1928-1932 yy. jami 700 ming kishi, 1933-1937 yy. 1,4 mln. kishi savodsizlik kurslarini tugatdi. Xalq ta’limi sohasidagi muhim o`zgarishlardan biri - respublikada boshlang’ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga o`tilishi bo`ldi. O`zbekistonda 1924/25 o`quv yilida 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilindi, ularda 17209 nafar o`quvchi ta’lim olgan. 1941 yil 5504 ta maktabda 1 mln. 315 ming o`quvchi o`qigan. Respublikada 30-yillarda malakali o`qituvchi kadrlar tayyorlaydigan pedagogika institutlari va o`rta maxsus pedagogik bilim yurtlari tashkil qilindi. Bu xalq ta’lim tizimini yaxshilashga turtki berib, respublikada o`qituvchilar soni 1928/29 o`quv yilida 5,5 ming kishiga, 1932/33 o`quv yilida 19 ming kishiga, 1941 yil 42 ming kishiga etdi. Arab imlosi asosidagi o`zbek yozuvi 1929 yil tugatildi, undan lotin grafikasiga o`tildi. Ko`p o`tmay yana 1940 yil kirill – rus alifbosi negiziga qurilgan yozuvga o`tildi. Respublikada o`qitish jarayoni 20-yillarda milliy ziyolilar tayyorlagan darsliklar asosida tashkil etilgan bo`lsa, 30-yillardan ahvol keskin o`zgardi. Endi milliy respublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab 383 yuboriladigan darsliklar asosida olib borilishi, Xalq ta’limining milliy mazmuniga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Respublika maktab ta’limida 30-yillarda mafkuraviy tazyiq o`tkazish, muallimlar tarkibini “tozalash”, ular safidan “nobop, yot unsurlar”ni topish hollari kuchaydi. VKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosi o`qituvchilar safini tozalash to`g’risida 1933 yil 27 martda qaror qabul qildi. Unga asosan bilimli milliy ziyolilar ishdan bo`shatildi, qatag’on qilindi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling