Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norozilik kuchayishi
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Buxoro paxta etishtirish va uning xom ashyosini
Rossiyaga jo`natish bo`yicha Farg’ona viloyatidan keyin ikkinchi o`rinda turardi. Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotning 40 % ini paxta tolasi tashkil qilar edi. Buxoro bosib olinguncha Rossiyaga 50 pud paxta tolasi jo`natgan bo`lsa, XX-asr boshida 1200 ming pud jo`natardi. Buxorodan Rossiyaga paxtadan tashqari qorako`l, jun, gilam, pilla va quruq meva chiqarilgan. Rossiyadan Buxoroga Rossiya-Buxoro qo`shma vositachilik idoralari va tijorat korxonalari tomonidan mahsulotlar keltirilgan. Buxoroda 4 ta transport jamiyati (Sharqiy, Aksionerlar, 309 Gergard va Gey, Kavkaz) va 3 ta sug’urta jamiyati Rossiya savdo-sanoat burjuaziyasi va Buxoro savdogarlariga xizmat qilardi. Buxoroda kapitalistik, ya’ni yollanma mehnatga asoslangan sanoat korxonalari XX asr boshlarida vujudga keldi. Muhandis Juravko Pokorskiy Safid daryosi bo`ylaridagi oltin konlarini qazish uchun amirlikdan ruxsat oldi. Kapitalizmning Buxoro amirligi iqtisodiy hayotiga kirib kelishi 1894 yil YAngi Buxoro Davlat banki bo`limining ochilishiga sabab bo`ldi. Davlat banklaridan tashqari 1915 yil Rus tashqi savdo banki, Sibir savdo banki; Rus-Osiyo, Azov- Don, Birlashgan va Volga-Kaspiy tijorat banklari ham ochildi. Amirlikda paxtachilik va qorako`lchilikning rivojlanishi bozor va savdo-sudxo`rlik kapitali bilan chambarchas bog’liq bo`ldi. Norozilik kuchayishi. Savdo uylari va tayyorlov idoralari mahalliy tarozidorlarga yiliga 12 % evaziga qarz berar edi. Bahorgi ekish paytida tarozidorlar dehqonlarga oyiga 1 so`m ustama foydasi bilan 15 so`mdan bo`nak puli tarqatgan. Bo`nak puli olgan dehqon garovga eri va mulkini qo`ygan, qozi uni tasdiqlab qozi xati bergan. XX asr boshlarida erini qarz evaziga qarzdorga topshirgan 20 ming dehqon yiliga Turkiston shaharlariga ish qidirib ketardi. Pomirda chegaralanish o`tkazilishi natijasida Shug’non, Roshanning sharqiy qismi va Vahonning shimoliy qismi (Sharqiy Buxoro) Buxoro amiriga topshirildi. Sharqiy Buxoro bekliklari aholisiga 1900 yil 4 iyulda xiroj, zakot va moliyot to`lash majburiyati yuklandi. Don va ist’mol mollari keltirish kamayib, chayqovchilik avj olishi va harbiy soliq ko`payishi oqibatida 1914 yil paxtachilikka ixtisoslashgan Ziyovuddin va Shahrisabz bekliklarida, 1915 yil Sherobodda g’alayonlar bo`ldi. Amir Olimxon «oq» podshoga yaxshi ko`rinish uchun birinchi jahon urushida ishtirok etayotgan rus qo`shinlariga «xayr-ehson» qilish maqsadida xalqning mol-mulkini tortib ola boshlashi natijasida Amirlikning deyarli barcha bekliklarida 1916 yil g’alayonlar boshlanib ketdi. Polkovnigi D.Logofet amaldorlarning beboshligini kuzatib Buxoroni «huquqsizlar mamlakati» deb atagan. Norozilikni bostirish va amirlik 310 poytaxtini himoya qilish uchun Turkiston general-gubernatori Buxoroga general Liliental boshchiligida qo`shin yubordi yubordi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling