Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida 
 
Gandimiyon 
shartnomasidan 
keyin 
o`zgarishlar. 
Xiva 
xonlari 
qoraqalpoqlarning ko`chib yurishiga chek qo`ygach, ular xonlikda bir qancha 
yangi dehqonchilik tumanlari tashkil etishdi. Ular XIX asr 70-yillarida deyarli 
o`troq turmush kechira boshladi. Qoraqalpoqlar Amudaryoning ikki qirg’og’ini 
o`zlashtirib sholi, bo`g’doy, arpa va paxta etishtirishdi. Rossiya gazetalaridan biri 
1868 yil “Bu xalqning asosiy hunari dehqonchilikdir..” - deb yozgan.
Rossiya Xivani tobe qilgach, gandimiyon shartnomasidan (1873) keyin, 
Amudaryoning o`ng qirg’og’idagi qoraqalpoq erlari Rossiyaga qo`shib olindi. Bu 
erda 1873 yil Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyatiga kiruvchi 
Amudaryo 
bo`limi 
tashkil 
etildi. 
Amudaryoning 
chap 
qirg’og’idagi 
qoraqalpoqlarning kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. 
Amudaryo bo`limida qoraqalpoqlar soni qariyb 70 ming bo`lib, jami 
aholining 48,6 % ini tashkil etar edi. Rossiyadan kelganlar 1000 kishi bo`lib, ular 
Petro-Aleksandrovsk (To`rtko`l)da, Uralskiy posyolkasida va Nukus qishlg’ida 
yashardi. Ular asosan baliq ovlash bilan shug’ullanuvchi Ural kazaklari bo`lib, 
1875 yil rus hukumatining armiya xizmati to`g’risidagi yangi nizomiga 
bo`ysunmagani uchun bu erga ko`chirilgan edi. Xiva xonligida qoraqalpoqlar soni 
25 ming kishini, ya’ni 3,8 % ni tashkil etar edi.
Qoraqalpoqlar hududi Rossiyaga qo`shib olingach rus hukumatining O`rta 
Osiyodagi ta’sir doirasi yanada kengaydi. Har ikkala hududda yashaydigan 
qoraqalpoqlar 70 % dan ziyod ersiz dehqonlar bo`lib, ular asosan yollanib mehnat 


321 
qilishar edi. Qoraqalpoq hududiga Rossiya kapitalining kirib kelishi tovar-pul 
munosabatlarini o`zgartirib yubordi. Paxta tozalash va baliqchilik sohasida 
dastlabki sanoat korxonalari paydo bo`ldi. XIX asrning 70-yillarida 
qoraqalpoqlarda savdo munosabatlari rivojlanib bordi. Tumanlarni iqtisodiy 
jihatdan birlashtirgan shahar bozori Chimboyda vujudga keldi. Hunarmand va 
dehqonlar Chimboy bozoriga kelgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling