Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Ilm-fan. Qoraqalpoqlarda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida eng katta  madrasa Qoraqum eshon va Tosh madrasalari edi. XIX asr o`rtalarida qurilgan


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ilm-fan. Qoraqalpoqlarda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida eng katta 
madrasa Qoraqum eshon va Tosh madrasalari edi. XIX asr o`rtalarida qurilgan 
Qoraqum eshon madrasasi, dastlab masjid vazifasini bajargan. Tosh madrasani 
1841 y. Mang’it hokimi Xo`janiyoz qurdirgan. Madrasada ta’lim ikki bosqichli 
bo`lgan: 1-bosqichda arab tili grammatikasi, 2-bosqichda diniy-huquqiy bilimlar 
o`qitilgan.
Qoraqalpoqlarning ilk yozma asarlari XIX asr oxirida paydo bo`la 
boshladi. Qoraqalpoq shoirlaridan Kunxo`ja (1799-1880), Otash Olshinboy (1788-
1875), Ajiniyoz (1824-1878)ning nomi keng tanildi. Kunxo`ja adolatsiz tartiblarni 
qoralab, o`z ijodini oddiy kishilarning mehnati va turmushiga bag’ishladi.

Ajiniyoz Qasiboy o`g’li (1824-1878) (taxallusi Zevar) Mo`ynoqdagi eski 
maktabda va Xivadagi SHerg’ozixon madrasasida o`qib, ilm oldi. U o`zbek, 
qozoq, turkman tillarini bilgan. Ajiniyoz ziyolilar orasida 1-bo`lib oxund 
(o`qimishli, ilmli, dostonlarning mahoratli kuychisi) darajasiga erishgan, undan 
100 ga yaqin she’rlar va dostonlar etib kelgan. Ajiniyozning «Bo`zatov» dostoni 
qoraqalpoqlarning boshqa yurtlarga ko`chishi haqida; «Qiz Mengesh bilan 
aytishuv» asari xalq orasida mashhur bo`lgan. Ajiniyoz hayoti va ijodi haqida 
qoraqalpoq yozuvchisi K.Sultonov “Ajiniyoz” romanini yozgan.
Berdaq (1827-1900) Qo`ng’irot urug’idan bo`lgan, u Orolbo`yida tug’ilib, 
ovul maktabida, keyin Qoraqum eshon madrasasida o`qigan, 20 yoshidan she’rlar 
yozgan va yarim asr davomida o`lanlar to`qidi. Berdaqning she’rlari xalq haqida 


323 
bo`lib, bir she’ri ham «Xalq uchun» deb nomlangan. Berdaqning isyonkorlik kuchi 
jo`shqin, zulmni qoralovchi «Ahmoq podsho» dostoni ulkan ta’sir kuchiga ega. 
Berdaqning 
tarixiy 
mavzudagi 
Avlodlar”, “Omongeldi”, “Oydo`stbiy”, 
«Ernazarbiy» asarlarida qoraqalpoq xalq qahramonlarini faxr bilan kuylaydi. 
Qoraqalpoq adabiyotining demokratik an’analarini XX asr boshlarida Umar, 
Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq kabi yangi avlod vakillari davom ettirdi. 
Tayanch so`zlar: Bobo Go`klan,
Petro-Aleksandrovsk (To`rtko`l), Uralskiy, 
Ajiniyoz, Berdaq,
“Omongeldi”, “Oydo`stbiy”, «Ernazarbiy». 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling