Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. Mustamlaka Turkiston madaniyati
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi usul maktablari
5-§. Mustamlaka Turkiston madaniyati
(XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlari) Xalq maorifi va madrasalar. Dastlabki bosqichda rus bosqinchi hukumati o`lkadagi xalq ta’limi an’analariga tegmadi. Bu vaqtda Turkistonda asosan boshlang’ich, o`rta va oliy diniy ta’lim beruvchi bilim o`choqlari bor edi. Eski maktabda kambag’allarning bolalari birinchi bosqich ta’lim-tarbiyadan so`ng o`qishni tamomlagan hisoblanardi. O`ziga to`q oilalarning farzandlari yana 8 yil o`qishni davom ettirar edi. O`qishni tamomlagan iqtidorli talabalar madrasaga kirgan. Madrasalar XIX-asrga kelib o`z nufuzini yo`qotib, mahalliy mutaxassislar tayyorlovchi dargoh darajasiga tushib qoldi. Buning sababi xonlarning o`zaro urushlari, chor Rossiyasining o`lkani xarob qiluvchi siyosati, diniy ta’limga ko`p e’tibor berilib, dunyoviy fanlarga davlat g’amxo`rligining yo`qligi edi. Yirik madrasalar oliy ta’lim vazifasini bajarib, diniy falsafa, musulmonchilik huquqlari, shariat (fiqih) qonunchiligidan dars berilar edi. O`rta ta’lim madrasalarida asosan arab-fors gramatikasidan, mantiq unsurlari, shariat asoslaridan saboq berilgan. Qizlarning savodini shaharlarda mudarrislarning ayollari yoki otinoyilar chiqargan. XIX asr ikkinchi yarmida O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalar 324 ta’limida qisman o`zgarishlar ro`y berdi. Bosmaxonada bosilgan kitoblar: Qozondan Qur’on va «Haftiyak»lar, Hindiston va Erondan shoirlarning devonlari olib kelina boshlandi. Yangi usul maktablari. Madrasalar milliy mafkura tarqatuvchi ilm dargohlari bo`lgani uchun musulmon maorifi general-gubernatorlik ta’minotidan mahrum qilinib, madrasalardan tushgan shikoyat e’tiborsiz qoldiildi. Yangi usul maktablarining vazifasi kapitalistik savdo-sanoat munosabatlariga tortilayotgan o`lka uchun savodli kishilarni tayyorlashdan iborat edi. Dastlabki yangi usul maktabi 1897 yil Andijon atrofida paxta zavodi qoshida ochildi. Yangi usul maktablari o`z oldiga 1) zamonaviy bilimlar berish; 2) zamonaviy ta’lim usullarini qo`llash vazifalarini qo`ygan. Ta’lim jarayonidagi ijobiy usul: sinf-dars tizimiga o`tildi; tarix, geografiya darslarida ko`rgazmalilik- dunyo xaritasi va globusdan foydalana boshlandi; partalarda o`tirib o`qitiladigan va tanaffuslar joriy etildi. Yangi usul maktablarida darslarning teng yarimi diniy ta’lim-tarbiya asoslariga, qolgani dunyoviy bilimlarga ajratilgan. General- gubernatorlikni 1908 yil taftish qilgan senator graf Palen komissiyasi yangi usul maktablarini xatarli deb topdi, chunki ular milliy madaniyat taraqqiyotiga yo`l ochar edi. Turkiston jadidlari Ismoil G’aspiralining «Xo`jai Sibiyon» (Bolalar muallimi), «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo`ldosh» darsliklaridan namuna olib yangi usul maktablarini darsliklar bilan ta’minlashga kirishdilar. Birinchi bo`lib millatni uyg’otishga undaydigan Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», Aziziyning «Ustozi avval», Munavvar Qorining «Adibi avval», Faxriddinovning «Rahbari avval», Ibodiyning «Tahsil ul-Alifbo», Ayniyning «Tahzib us-sibyon» darsliklari yaratildi. Jadidlar mustamlakachilik mohiyatini ochuvchi milliy tarix va geografiya, milliy til va adabiyot, milliy axloq va tarbiya imlo qoidalari, islom tarixi va ma’naviyatiga doir qo`llanmalar yaratdilar. Ma’rifatparvarlar Toshkentda «Umid», «Maktab» kutubxonalari, Samarqandda «Behbudiy», «Zarafshon», Qo`qonda «G’ayrat», «Madora» kabi nashr muassasalarini ochdilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling