Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Sho`royi Islomiya va Sho`royi Ulamo
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Sho`royi Islomiya va Sho`royi Ulamo. Turkistonda 1917 yil boshlarida yuz
bergan tarixiy o`zgarishlar silsilasida mahalliy vatanparvar va taraqqiyparvar kuchlarning bo`lg’usi kurashlar oldidan birlashish sari intilishi ustvor bo`lib bordi. Tub aholining ko`pchiligi jadid yo`lboshchilar yo`lidan uyushib bordilar, buning 338 uchun obro`li siyosiy tashkilot tuzish zaruriyati tug’ilgandi, shunday tashkilotgina bo`lg’usi milliy hokimiyatning vakolatli organi bo`la olardi. Musulmon aholining vakolatli organi (musulmonlar kengashi) sifatida uning irodasini 1917 yil 14 martda Toshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan tuzilgan “Sho`royi Islomiya” tashkiloti ifoda etdi. Rayosat tarkibi 15 kishidan iborat bo`lib, yurt rahnamolaridan: Munavvarqori (etakchi), Abduvohidqori, M.Mo`minboev, A.Temirbekov, U.Asadullaxo`jaev, S.Tillaxonov o`rin oldi. Mahalliy aholi orasida o`lkaning turli joylarida tuzilgan “Sho`royi Islomiya”ning quyi sho`balari faoliyat yuritdi. “Sho`royi Islomiya” ta’sirida joylarda turli nomlarda tashkilotlar vujudga keldi: Toshkentda “Turon”, Ittihodi taraqqiy”; Andijonda “Ozod xalq”, “Hurriyat”, “Ma’rifat”; Samarqandda “Mirvaj- ul Islom”, “Klub Islomiya”, “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi”; Kattaqo`rg’onda “Ravnaqul Islom”, “Guliston” kabi. Bu tashkilotlar jadidchilik g’oyalarida ish yuritib Behbudiyning “Haq olinur, berilmas”, Munavvarqorining “Hurriyat berilmas, olinur” shiorlari kurash bayrog’iga aylandi. “Sho`royi Islomiya” ta’sirida bo`lgan ulomalarning bir qismi qadimchilar nomi bilan atalardi. Ular islom ta’limotining murosasiz tarafdorlari sifatida muxtoriyat talabiga qarshi chiqqanlar. Qadimchilar 1917 yil iyunda “Sho`royi Islomiya” bilan aloqani uzib, bo`linib ketdi. Buning asosiy sababi, eng avvalo Turkiston mustaqilligi yo`lida ikki xil qarama-qarshi taktik yondashuv chiqishidir. 1) Konservativ, mutaassib ulomachilar (Sho`royi Ulamo) Turkiston mustaqilligini faqat mustamlakachilarga qarshi g’azovot boshlash, ya’ni qurolli qarshilik ko`rsatish yo`li bilan qo`lga kiritishni yoqladilar. 2) Ilg’or ziyolilar – jadidlar Rossiyada yuzaga kelgan qulay sharoitdan, siyosiy vositalardan foydalanib, qon to`kmasdan bosqichma-bosqich mustaqillikka erishishni yoqladilar. Jadidlarning Rossiya Federasiyasi tarkibidagi Turkiston Muxtoriyati talabi ham shu maqsadni ko`zda tutardi. “Sho`royi Ulamo”chilarning nashri – “Al-Izoh” jurnalida millatning ilg’or, vatanparvar ziyolilariga nisbatan adovat va xusumat qildilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling