Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
I va II Umumturkiston qurultoylari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston o`lka musulmonlar sho`rosi
I va II Umumturkiston qurultoylari. Turkistonda inqilobiy-demokratik
harakatlardagi turli tabaqalarni birlashtirishda 1917 yil davomida bo`lib o`tgan Umumturkiston musulmonlari I va II qurultoylarida qabul qilingan dasturiy hujjatlarning roli katta bo`ldi. Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi 1917 yil 16 aprelda “Sho`royi Islomiya” tashabbusi bilan chaqirildi, kun tartibiga 16 masala qo`yildi. Qurultoy ancha vakolatli anjuman bo`lib, uning ishida M.Cho`qay, Munavvarqori, Behbudiy, U.Asadullaxo`jaev, Sh.Lapin, T.Norbo`tabekov, Validiy, S.Yusupov, I.Shoahmedov qatnashdi. Qurultoy o`lkaning bo`lajak davlat qurilishiga alohida to`xtalib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya Federasiyasi tuzilishi g’oyasi ilgari surildi. Qurultoyda Markaziy rahbar organ - Turkiston o`lka musulmonlar sho`rosini tuzish to`g’risida qaror qabul qilindi. Uning 1-yig’ilishida ijroiya organi - Markaziy Sho`ro tuzildi. M.Cho`qay Markaz raisi, Munavvarqori rais muovini, Validiy kotib, Behbudiy, U.Asadullaxo`jaev va boshqalar a’zo etib saylandi. Markaziy Sho`ro zimmasiga o`lkadagi tarqoq, dasturi bo`lmagan tashkilotlarni birlashtirish vazifasi yuklandi. Bu vazifani Markaziy Sho`roning joylardagi sho`balari bajardi: Toshkent sho`basini Munavvarqori, Samarqand sho`basini Behbudiy, Farg’ona sho`basini Nosirxon To`ra Kamolxon To`ra o`g’li boshqardi. Turkistonda shu tariqa uch hokimiyatchilik vujudga keldi: 1) Muvaqqat hukumatning Turkiston qo`mitasi. 2) Ishchi va soldat deputatlari Soveti. 3) Turkiston o`lka Musulmonlar Sho`rosi. Jadidlar mahalliy-hududiy manfaatlar bilan cheklanmay, boshqa mintaqadagi musulmonlarning ilg’or vakillari bilan yaqinlashish maqsadida 1917 yil 1-2 mayda Moskvada bo`lgan Butunrossiya musulmonlari I qurultoyida ishtirok etdi. Qurultoyda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan milliy-hududiy, federasiya asosidagi demokratik respublika bo`lishi aytildi. Qurultoyda Butunrossiya Musulmonlar sho`rosining Ijroiya qo`mitasi ta’sis etildi, unga Turkistondan U.Asadullaxo`jaev, I.Shoahmedov a’zo etib saylandi. 340 Rossiya musulmonlarining ozodlik harakatini muvofiqlashtirishda Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917 yil 21-31 iyulda Qozonda bo`lgan Butunrossiya musulmonlari II qurultoyi muhim qadam bo`ldi. Qurultoyda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlar hal etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya harbiy sho`rosini ta’sis etish to`g’risida qarorlar qabul qilindi. Turkiston xalqlari hayotida 1917 yil 17-20 sentyabrda Toshkentda bo`lgan Umumturkiston musulmonlari II-qurultoyi muhim rol o`ynadi, unda 500 ta vakillar ishtirok etdi. Qurultoyning maxsus qarorida Rossiya konstitusiyasiga mos holda shariat asosida ish ko`ruvchi 12 kishilik Turkiston O`lka qo`mitasi, 24 kishilik “Mahkamai Shariat” (parlament) tashkil etilishi ta’kidlandi. Qurultoyda “Sho`royi Islomiya”, “Sho`royi Ulamo”, “Turon” kabi milliy tashkilotlarni birlashtirib, yagona “Ittifoqi Muslimin” (Musulmonlar Ittifoqi) siyosiy partiyasini tuzish g’oyasi ilgari surildi. Qurultoyda Behbudiy hammani birlikka da’vat qildi. “Ulug’ Turkiston” gazetasi qurultoy ruhini aks ettirib Turkistonning ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo`lgan o`lkaning milliy muxtoriyatini tuzish g’oyasini asosiy o`ringa qo`ydi. Biroq Turkistonda ayricha faoliyat yuritgan, qarashlarida muxolifatchilik ustuvor bo`lgan ayrim mahalliy tashkilotlar bu noyob imkoniyatdan foydalana olmadi, bu bolsheviklarga qo`l keldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling