Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Turkiston Muxtoriyatining halokati


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkiston Muxtoriyatining halokati. Turkiston Muxtoriyati o`zini himoya 
qilaolmadi, avvalo qisqa umr ko`rgani (72 kun) uchun ko`p narsalarni bajarishga 
ulgurolmadi, qolaversa muxtoriyatchilar orasida birlik yo`q edi. 1918 yil 18 
fevralda “Sho`royi Ulamo” jamiyati tashabbusi bilan muxtoriyatda to`ntarish 
qilindi. M.Cho`qayning muxtoriyat hokimiyati ag’darilib, uning boshqaruvi 
Qo`qon mirshablari boshlig’i Kichik Ergashga berildi. Muxtoriyat tashqi olamdan 
ajralib qoldi, amaliy yordam beruvchi birorta xorijiy davlat bilan aloqa o`rnatishga 
ulgurmadi. Bu omillar Turkiston Muxtoriyati ahvolini tanglashtirib, uni 
faoliyatsizlikka mahkum etdi.
Turkiston sovet hukumati bu vaziyatdan foydalanib 1918 yil 14 fevralda 
Farg’ona viloyatida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo`qondagi mahalliy 
hokimiyati – ishchi va askar deputatlari soveti 17 fevralda muxtoriyat vakillarini 
taslim bo`lishga da’vat qildi. Sovet hokimiyati Qo`qonga hujum qilish uchun 
Toshkentdan Perfilev boshchiligida qizil qo`shin olib kelindi hamda Qo`qondagi 
millatchi arman dashnoqlari ham jalb qilindi.
Qo`qon shahri 1918 yil 19-21 fevralda o`t ichida qolib, kunpayakun bo`ldi. 
Turkiston Muxtoriyati hukumati tor-mor etildi. Sovet davlati arboblaridan biri 
D.Manjara “Milliy siyosatdagi xatolarimiz tufayli Qo`qon Muxtoriyati vujudga 


345 
keldi. Uni yo`qotish paytida yana bir xato qildik” - degan. Sovet Turkistoni nashri 
– “Znamya svobodi” (Ozodlik bayrog’i) gazetasi 1918 yil yanvarda “Rus 
bolsheviklar muxtoriyatni tan olmadi, mazlum xalqlar o`z huquqini o`zlari 
belgilamoqchi bo`lganida yo`l qo`ymadi” - degan. 
Turkiston ASSR tashkil topishi. Iqtisodiy va madaniy siyosat 
 
 
Turkiston ASSR tuzilishi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyatiga 
o`xshash xalq hokimiyati qayta tiklanishiga izn bermaslik uchun sovet 
hokimiyatchiligiga milliy, mahalliy shakl berishni maqsad qildi va Turkistonda 
Sovet avtonom respublikasini tuzishga kirishdi. Sovet hukumatining favqulodda 
komissari R.Kobozev, RSFSR millatlar ishi komissarligi xodimlari X.Ibragimov, 
A.Klevleyev bu ishga bosh-qosh bo`ldi.
Turkiston Sovet Avtonomiyasi (muxtoriyati)ni tashkil qilish masalasi 1918 
yil 20 aprel - 1 mayda Toshkentda bo`lgan Turkiston sovetlarining V-s’ezdida 
ko`rib chiqildi. Bolsheviklar fraksiyasi taklifi asosida s’ezd qabul qilgan 
“Turkiston sovet respublikasi to`g’risida qoidalar”da RSFSR tarkibida Turkiston 
ASSR - Turkiston avtanom sovet sosialistik respublikasi (TASSR) ekanligi e’lon 
qilindi.
Turkiston ASSRning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida ishchi, askar, 
dehqon va musulmon-dehqonlar sovetlari sezdi belgilandi. Turkiston ASSRning 
doimiy faoliyat yurituvchi organi qilib Markaziy Ijroiya Qo`mita (MIQ) belgilandi. 
O`lkaning boshqaruvi, uning ijroiya funksiyalari Xalq Komissarlari Kengashi 
tasarrufiga berildi. Joylarda mahalliy sovetlar va ularning ijroiya qo`mitalari 
hokimiyat funksiyalarini bajarishlari kerakligi ta’kidlandi.
Sezd hukumat qoshida Milliy ishlar xalq komissarligini tashkil qildi, 
joylarda bo`limlarini tuzib, millatlar orasida milliy manfaatlarni himoyalash 
yuklandi. Turkiston ASSR hukumati sinfiylik tamoyillariga asoslanib, davlat 
boshqaruvida hokimiyat sovetlar ixtiyoriga berilgan edi. Ular evropalik vakillardan 
tashkil topgan ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari bo`lib, musulmon-


346 
dehqon deputatlari sovetlari ularga bo`ysungan. Turkiston ASSR tuzilishida bir 
tomonlama faqat hududiy tamoyillar hisobga olinib, o`lka xalqlarining milliy 
tamoyillari hisobga olinmadi.
Sezdda Turkiston Respublikaning hokimiyat organlari tuzildi. Qonun 
chiqaruvchi organ - Markaziy Ijroiya Qo`mitasi deyildi (TASSR MIQ). Uning 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling