Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


raisi etib favqulodda vakolat egasi, bolshevik P.Kobezev


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

raisi etib favqulodda vakolat egasi, bolshevik P.Kobezev saylandi. Qo`mitaning 
36 a’zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat vakili edi. Hukumat - Xalq Komissarlari 
Soveti (TASSR XKS) bolshevik F.Kolesov boshchiligida tuzildi. 16 kishidan 
iborat hukumat tarkibiga ham atigi 3 ta mahalliy millat vakili kiritildi xolos. 
Markaziy hokimiyat Turkiston avtonom respublikasi jilovini to`la qo`lga olish 
uchun o`lkadagi bolshevik tashkilotlarni birlashtirib, yagona kommunistik partiya 
tuzishga kirishdi. 
Turkiston Kommunistik Partiyasi (TKP) tuzilganligi 1918 yil iyunda 
bo`lgan I sezdida e’lon qilindi. Bolshevik (kommunist)larning 2 ming a’zosi 
bo`lib, s’ezdda ishtirok etgan 46 delegatdan atigi 6 tasi mahalliy millatlar vakili 
edi. TKP tuzilishi bilan Turkistondagi sovet davlatchiligi yangi xususiyat kasb etdi. 
Sovetlarning bolshevistik (kommunistik) partiya rahbarligiga qaramligi kuchaydi. 
MIQ va XKS tarkibida bolsheviklar ko`p edi.
1918 yil qabul qilingan RSFSRning birinchi Konstitusiyasi va muhim 
hujjatlari 
Turkiston ASSR Konstitusiyasini shakllantirish uchun to`la asos qilib 
olindi. 1918 yil oktyabrda Turkiston o`lka sovetlarining V sezdida Turkiston 
ASSRning birinchi Konstitusiyasi qabul qilindi. Konstitusiya Turkistonni 
RSFSRning ajralmas qismi, o`lka xalqlarining barcha masalalari uning 
mas’ulligida ekanligini qonunlashtirdi. O`lkaning moliyaviy, mudofaa, tashqi 
siyosat aloqalari, temiryo`llar, savdo, moliya sohalari RSFSR hukumati tasarrufida 
bo`lishi s’ezd hujjatlarida o`z ifodasini topdi. 
Sezd Turkiston ASSRning oliy hokimiyati deb Turkiston MIQni tasdiqladi. 
Uning tarkibi 75 kishi bo`lib, 20 nafari mahalliy millat nomzodlari edi. Turkiston 
xalqlari tub manfaatlariga oid hujjatlarni qabul qilgan o`lka sovetlarining V sezdi 
amalda sovet hokimiyatining Turkistondagi to`la hukmronligini qaror topdirishga 


347 
xizmat qildi. Turkiston Konstitusiyasida ham o`lka xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va 
madaniy hayotining milliy o`ziga xosligi, huquqiy himoyasi o`z aksini topmagan 
edi. Konstitusiya bo`yicha “mehnatsiz daromad” hisobiga yashaydigan shaxslar
din peshvolari, rohiblar, xususiy savdogarlar, tijoratchilar, tadbirkorlar saylash va 
saylanish huquqidan mahrum etildi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling