Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


partiyasi dasturida: feodal-despotik tuzumni tugatish, demokratik respublika


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi


partiyasi dasturida: feodal-despotik tuzumni tugatish, demokratik respublika 
tuzish, bir qancha ijtimoiy-demokratik o`zgarishlarni amalga oshirish vazifalari 


362 
bayon etilgan edi. Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920 yil iyunda Toshkentda 
chiqa boshlagan “Uchqun” gazetasida ham ilg’or g’oyalar ilgari surildi.
Buxoro amirligini ag’darish ishlari sovet Turkistoni va uning Frunze 
boshliq Turkiston fronti qo`mondonligi tomonidan boshlandi. Qizil qo`shinlar 
1920 yil iyun o`rtalarida Buxoro chegaralariga keltirildi. Buxoroda qurolli 
qo`zg’olonni o`tkazish yuzasidan tashkil etilgan harbiy-inqilobiy byuro tarkibiga 
Turkkomissiya vakillari M.Frunze va V.Kuybishev, Turkiston Kompartiyasi vakili 
N.To`raqulov, VKP MQ raisi N.Husainov, Yosh buxoroliklar partiyasi rahbari 
F.Xo`jaev kirgan.
1920 yil 29 avgustda Sovet qo`shini Buxoroga urush boshlashiga Chorjo`yda 
amirga qarshi “xalq qo`zg’oloni” boshlanishi bilan, kelishuvga binoan Beshim 
Sardor boshchiligidagi inqilobiy qo`mita sovet hukumatiga murojaat qilishi bahona 
bo`ldi. Sovet qo`shini tarkibi 10 ming askar, 40 ta to`p, 230 ta pulemyot, 10 ta 
zirhli avtomobil, 5 ta zirhli poezd, 12 ta samolyotdan iborat edi. Turkiston fronti 
qo`shini bilan birga yana kimlar 5 ming kishiga yaqin buxorolik “inqilobiy 
tuzilmalar” ham ishtirok etdi. Amir qo`shini son jihatidan (20 ming) ko`p bo`lsada, 
qurollanish darajasi zaif edi.
Sovet qo`shini Amirlikning Chorjo`y, Qarshi, Kitob, Shahrisabz hududlarini 
egallab Buxoro tomon siljib bordi. Sovet bosqinchilari 1920 yil 2 sentyabrda 
Buxoroni egalladi. Hokimiyat Butun Buxoro Muvaqqat Inqilobiy Qo`mitasi 
(BBMIQ) qo`liga o`tdi. Amirlik “xalq qo`zg’oloni” yo`li bilan ag’darildi 
deyilsada, aslida sovet qo`mondonligining harbiy kuchi hal qiluvchi rol o`ynadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling