Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

SSSRni tuzish to`g’risida Deklorasiya va Ittifoq shartnomasi Moskvada 
1922 yil 30 dekabrda Butunittifoq Sovetlarining 1-sezdida tasdiqlandi. S’ezd yangi 
ittifoq – SSSRning yuqori hokimiyat organlari - MIQni va Hukumatini tuzdi. 
SSSR MIQ Raislari etib: RSFSRdan M.Kalinin, Ukrainadan G.Petrovskiy, 
Belorussiyadan A.Chervyakov, ZSFSRdan N.Narimonov saylandi. SSSR Xalq 
Komissarlari Soveti (SSSR XKS) raisi etib V.Lenin tasdiqlandi.
1917 yil oktyabr to`ntarishidan 5 yil o`tgach, 1922 yil 30 dekabrda SSSR 
tuzildi. Uning ta’sischilari: RSFSR, BSSR, USSR, ZSFSR hukumatlari bo`ldi. Bu 
ittifoq (SSSR) davlati tarkibi XX asr 30-40 yillarida 15 ta respublikadan iborat 
bo`ldi. Natijada er yuzi hududining 1/6 qismini egallagan Sovetlar saltanati 
vujudga keldi.
Milliy-hududiy chegaralanish. O`rta Osiyoda qadimdan yashayotgan 
xalqlarda “Biz ildizi, tomirlari bir xil xalqmiz” degan g’oya avloddan avlodga o`tib 
keladi. “Bizning ota-bobalarimiz ham, momolarimiz ham bir” - deb ta’kidlagan 
edi I.Karimov.
Sovet hokimiyati qondosh xalqlarni ajratish, ularni davlat tuzishiga izn 
bermaslik maqsadida Turkistonni milliy o`ziga xoslik, til birligi asosida bo`lib 
tashlash g’oyasi ilgari surildi. Turkiston ishlari bo`yicha maxsus komissiya – 
Turkkomissiya 
zimmasiga 
Markaz 
Turkiston 
o`lkasida 
Milliy-hududiy 
chegaralanishni o`tkazish, Turkistonda bir nechta Sovet respublikalarini tashkil 
qilish vazifasi yuklagan edi. Bu sohaga RKP(b) Markazqo`mi kotibi 
Ya.E.Rudzutak bosh mutasaddi etib belgilangan edi. Mustaqil Turkiston g’oyasi 
uchun kurashgan vatanparvar milliy ziyolilarga Markaz tomonidan millatchilikda, 
turkparastlikda, islomparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandi.
O`rta Osiyoni alohida milliy-hududiy respubliklarga bo`lish masalasi bir 
necha marta Markazda va yana Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida, 
ularning 
Kompartiyalari 
plenumlarida 
hamda 
ularning 
faoliyatini 


367 
muvofiqlashtiruvchi organ – RKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosi plenumlarida 
muhokama etildi. Milliy-hududiy chegaralanish masalasi yana 1924 yil 5 aprelda 
RKP(b) MQ Siyosiy byurosida, 1924 yil 11 mayda RKP(b) MQ O`rta Osiyo 
byurosi komissiyasida ko`rib chiqildi. Unda O`rta Osiyoda milliy chegaralanish 
loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzilib, loyiha RKP(b) MQ O`rta Osiyo 
byurosining 1924 yil 2 iyundagi yig’ilishida ma’qullandi.
Bundan norozi bo`lgan mahalliy rahbarlar: Xorazm KP MQ kotibi Odinaev, 
ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov; Turkiston va Buxoro vakillari 
S.Xo`janov, S.Asfandiyorov Turkistonni bo`lish maqsadga muvofiq emas, deb 
e’tiroz bildirdi. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlashga qaratilgan “O`rta Osiyo 
federasiyasini tuzish to`g’risida” taklif kiritdi. Xorazm respublikasini bo`lib 
yuborish maqsadga muvofiq emas, deb 1924 yil 8 mayda RKP(b) MQga kelib 
tushgan “Xorazmda milliy masalani hal etish to`g’risida” xatda aytildi.
Mahalliy xalqlarning talabini inobatga olmagan RKP(b) MK Siyosiy byurosi 
1924 yil 12 iyunda “O`rta Osiyo respublikalarini milliy chegaralash to`g’risida” va 
uni o`tkazish to`g’risida qaror qabul qildi. Munozaralar kuchayib ketgach 
vaqtincha Xorazm respublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to`xtatib turishga 
qaror qilindi. Bu orada Xorazm rahbarlariga ta’sir o`tkazib borildi, ko`pchiligi 
vazifasidan olindi, qolganlari partiya qaroriga qo`shilishga majbur bo`ldi. Oqibatda 
Xorazm respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning 
zarurligini “e’tirof” etadi.
O`rta Osiyo byurosi 1924 yil 15 iyulda milliy chegaralanish loyihasini 
tayyorlash va uni 1924 yil oktyabrda o`tkazish zarur degan qat’iy xulosaga keldi. 
Maxsus Markaziy hududiy komissiya tuzilib u 1924 yil sentyabr boshida o`z ishini 
tugalladi. Bu masalani 1924 yil 25 sentyabrda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi, 1924 
yil 9-11 oktyabrda RKP(b) Markaziy Qo`mitasi (MQ) ko`rib chiqib, milliy 
chegaralanishni rasmiylashtirishga qaror qildi. Bu qaror 1924 yil 14 oktyabrda 
SSSR Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo`mitasi (SSSR BMIQ) tomonidan ham 
ma’qullandi.


368 
Sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 
1920-1924 yy. O`rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg’on va’dalar bergan 
“Lenincha milliy siyosat”ni hayotga tadbiq etish kabi amaliy ishlari yakun topdi. 
1924 yil 24 oktyabrda RKP(b) MQ plenumida Turkistonni kichik milliy 
bo`laklarga bo`lish ishlari yakuniga nuqta qo`yildi. 1924 yil 27 oktyabrda bo`lgan 
SSSR BMIQ 2-sessiyasida O`rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o`tkazish 
tadbirlari to`la ma’qullandi.
O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan 3 davlat: TASSR, Buxoro va Xorazm 
respublikalari o`rnida: O`zbekiston SSR (O`zSSR), Turkmaniston SSR hamda 
O`zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg’izlar yashaydigan 
hududlar Qoraqirg’iz (Qirg’iziston) muxtor viloyatiga birlashtirilib RSFSR 
tarkibiga kiritildi.
Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog’iston ASSR ixtiyoriga 
berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor (avtonom) 
viloyatiga birlashtirilib Qozog’iston ASSR tarkibiga kiritildi. Turkiston o`lkasida 5 
ta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling