Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkistonda YaIS o`ziga xos xususiyatlarga ega edi: 1) Turkiston chekka, 
asosan qishloq xo`jaligi o`lkasi bo`lib, zamonaviy qishloq xo`jaligi va sanoatni 
yangidan barpo qilish kerak edi; 2) o`lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish 
zarur edi; 3) Turkiston ko`p millatli bo`lib YaISga o`tishda urf-odatlarni hisobga 
olish kerak edi.
Turkiston ASSR MIQ 1921 yil 20 aprelda oziq-ovqat, em-xashak va 
xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig’i bilan almashtirish to`g’risida qaror 
qabul qildi. Unda 1921-1922 yy. uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston 
mehnatkashlaridan olinadigan soliq Markaziy rayonlardan farq qilgan. Soliq hajmi, 
miqdori ekin ishlari oldidan emas, balki yil yakunida, hosil ko`tarish chog’ida 
yig’ib olinardi. Bu esa dehqon mehnatining kamsitilishiga sabab bo`lardi.
Sovet hukumati Turkistonda birinchi navbatda o`zi uchun zarur bo`lgan 
paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga e’tibor 
qaratdi. Yordam ko`rsatish bahonasida Turkistonga Rossiya markaziy rayonlaridan 
300 mingdan ortiq ishchi va dehqon oilalari keltirilib joylashtirildi. Turkistonda 
ahvol og’ir bo`lishiga qaramasdan 1921 yil kuzida Moskva va boshqa shaharlarga 
300 ming puddan ko`proq g’alla mahsulotlari olib ketildi. O`lka mehnatkashlarida 
biroz bo`lsada hayotga ishonchi uyg’ona boshladi, chunki sovet hokimiyati 
cheklangan holda bo`lsada, o`lkada xususiy mulkchilik va xususiy tadbirkorlikka 
erkinlik berilgan edi.
YaIS asosida sanoatni xo`jalik hisobiga o`tkazilishi tufayli sanoat 
korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo`lsada jonlanishiga olib keldi. Mayda va 


372 
o`rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlar va ularning birlashmalari 
tadbirkorlarga ijaraga berildi. O`lkada Xilkovo sement zavodi, Farg’ona 
pillakashlik fabrikasi, Qizilqiya va Xilkovo temiryo`l shoxobchalari qurildi.
O`lkada ayniqsa, paxtachilik va u bilan bog’liq bo`lgan paxta tozalash 
korxonalari tez sur’atda o`sishi Markaz to`qimachilik sanoatining o`zbek paxtasiga 
talabi ortib borayotganiga bog’liq edi. Paxta ekiladigan maydonlar 1921 yilga 
nisbatan 1924 yilda 3 barobar ko`paydi, ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 
taga etdi. Paxta tozalash sanoatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1923 yildagi 
23,9 mln. so`mlikdan 1924 yilda 57,8 mln. so`mga etdi. YaIS asosida Turkiston 
sanoati tiklanib, rivojlana boshladi.
Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling